O'z serverlaringizda yillik litsenziya, narxi yozma taklifda

UAESGP'ni siz o'z serveringizga o'rnatasiz va yil bo'yicha litsenziyalaysiz. Bitta litsenziya baza ustunlarini, butun API so'rov va javoblarini, brauzer va mobil ilovalarni, hamkor bilan almashuvni (kalit berish alohida narxlanadi) va eski ma'lumotni ko'chirishni qamraydi. Tariflar oyiga nechta amal, nechta tenant va nechta xizmat nusxasi ishlatishingiz bilan farqlanadi. Baholashni bepul bir oylik sinovdan (pilot) boshlash mumkin.

Pilot, baholash

Sinov

Bepul 1 oy

  • Sinov muhitida baholash
  • 10,000 amal / oy
  • 1 tenant
  • 1 xizmat nusxasi
  • Internetsiz ishlash: yo'q
  • Yordam: email, shartlari yozma taklifda
Pilot so'rash

Kichik hajm

Start

Narx so'rov bo'yicha

  • Bir-ikki tizim, kichik hajm
  • 5 mln amal / oy
  • 3 tenant
  • 1 xizmat nusxasi
  • Internetsiz ishlash: yo'q
  • Yordam: email, shartlari yozma taklifda
Yozma taklif so'rash

Asosiy tarif

Biznes

Narx so'rov bo'yicha

  • Bir nechta bo'lim yoki tizim
  • 15 mln amal / oy
  • 10 tenant
  • 3 xizmat nusxasi
  • Internetsiz ishlash: yo'q
  • Yordam: email, shartlari yozma taklifda
Yozma taklif so'rash

Katta hajm

Korxona

Narx so'rov bo'yicha

  • Ko'p bo'limli yirik tashkilot
  • Amal: kelishuv bo'yicha
  • Tenant: kelishuv bo'yicha
  • Xizmat nusxalari: kelishuv bo'yicha
  • Internetsiz ishlash: bor, imzolangan ruxsat fayli bilan
  • Yordam: email, shartlari yozma taklifda
Yozma taklif so'rash

Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com

Holat, 2026-yil 19-noyabr: UAESGP hech qanday organ tomonidan sertifikatlanmagan, O'z DSt algoritmlarini qo'llab-quvvatlamaydi, tashqi pentest o'tkazilmagan. Banklar, to'lov tashkilotlari va davlat organlari uchun qo'shimcha huquqiy talablar bor (litsenziyalangan va sertifikatlangan vositalar), ularni yuristingiz bilan tekshiring. Batafsil: Qonunchilik.

Narx yozma taklifda, hisob-faktura so'mda, QQS kiritilmagan

Narx o'z serveringizga o'rnatiladigan dasturning yillik litsenziyasi uchun, u yozma taklifda beriladi. Platforma sizning serveringizda ishlaydi, biz uni o'z serverimizda joylashtirmaymiz.

Yillik litsenziya

Bepul sinovdan boshqa tariflar bir yilga beriladi. Limitlar biz imzolaydigan litsenziya faylida yoziladi.

Hisob-faktura so'mda

Hisob-faktura shartnoma bo'yicha so'mda yoziladi.

QQS kiritilmagan

Narxga qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) kirmaydi. U hisob-fakturada alohida yoziladi.

Yozma taklif bilan

Narx saytda e'lon qilinmaydi. Sizga tegishli narx va shartlar yozma taklifda tasdiqlanadi. Taklif so'rash

Kunlik hajmingizdan mos tarifni toping

Hisob oddiy: (kunlik yozish + kunlik o'qish) × 30 kun.

Yozish: bir kunda shifrlanadigan maydon qiymatlari soni. O'qish: bir kunda ochiladigan maydon qiymatlari soni. Qatorni emas, qiymatni sanang: 3 ta shifrlangan ustuni bor bitta qator 3 amal bo'ladi.

Natija faqat hajmga qaraydi va yillik tariflardan birini ko'rsatadi. Tenant soni, xizmat nusxalari yoki internetsiz ishlash sizni yuqoriroq tarifga olib chiqishi mumkin. Bepul sinov (oyiga 10,000 amal) faqat baholash uchun, hisoblagich uni ko'rsatmaydi.

Limit tugasa o'qish ham to'xtaydi, shuning uchun zaxira qoldiring. Hisob brauzeringizda bajariladi, hech narsa yuborilmaydi.

Oyiga 1,248,690 amal. Mos tarif: Start

Bitta amal: bitta qiymatni shifrlash yoki ochish

Amal limitning hisob birligi. Shifrlash shlyuzi (EG, Encryption Gateway) va ma'lumotlar bazasi hamda ETL ishlari ulanadigan maydon xizmati (EDAL) har bir muvaffaqiyatli so'rovni bitta amal deb sanaydi. O'qish ham yozish kabi hisobga kiradi.

Hisobga kiradi, har biri 1 amal

  • POST /v1/encrypt EG va EDAL: bitta qiymatni shifrlash
  • POST /v1/decrypt EG va EDAL: bitta qiymatni ochish
  • POST /v1/search-token EDAL: bitta qidiruv tokeni
  • POST /v1/keys/release EG: hamkorga kalit berish so'rovi
  • SDK'ning encryptBody va decryptBody yordamchilari: butun so'rov yoki javob tanasi, hajmidan qat'i nazar 1 amal
  • PostgreSQL kengaytmasi yoki ETL ishi EDAL'ga yuborgan har bir so'rov

Hisobga kirmaydi

  • Seans va ochiq kalit: POST /v1/session/init, POST /v1/session/close, GET /v1/pubkey
  • Kalit boshqaruv xizmati (KMS) so'rovlari. KMS ruxsat talab qiladi, lekin amal sanamaydi
  • Konsol, audit qidiruvi va monitoring
  • Xato bilan tugagan so'rov: sanalgan amal qaytariladi
  • Sanoqqa yetmay rad etilgan so'rov: seans yoki sertifikat o'tmagan, tezlik limiti ishlagan
  • Hamkor berilgan kalit bilan o'z tomonida ochgan qiymatlar. Ular hisobdan tashqarida, shuning uchun kalit berish huquqi alohida narxlanadi

Hajmni ko'pincha o'qish va fon ishlari oshiradi

Ro'yxat sahifasi

50 qatorli sahifada 3 ta shifrlangan ustun bo'lsa, sahifa bir marta ochilganda 150 amal ketadi.

Eski ma'lumotni shifrlash

Kamida qator × ustun amal oladi: 1 mln qator va 4 ustun 4 mln amal, ya'ni Start tarifidagi oylik limitning 80 foizi. Bu ishni oldindan rejalang.

Tungi hisobot

Har kecha 1 mln qatorda 2 ustun ochilsa, oyiga 60 mln amal bo'ladi. Bu Biznes limitidan (15 mln) 4 baravar ko'p, ya'ni Korxona hajmi.

API javobini butun tana sifatida shifrlasangiz, 50 qatorli javob 1 amal bo'ladi. Bazadagi ustunlar baribir maydon bo'yicha sanaladi. Butun tanani shifrlash jonli EG'da hali sinalmagan.

Bu ro'yxat 2026-yil 19-noyabr holatidagi kod bo'yicha tekshirilgan. Litsenziyadagi limit --max-ops-per-month maydonida yoziladi.

Ruxsat 5 foizlik bloklar bilan keladi va 72 soat amal qiladi

Foydalanish ruxsati biz imzolaydigan, hajmi va muddati cheklangan hujjat. U bo'lmasa EG va EDAL shifrlamaydi ham, ochmaydi ham, KMS esa kalit bermaydi.

Toza serverda sinalgan

Toza Ubuntu 24.04 arm64 serverda .env tahriri, litsenziya serverini to'sish, holatni orqaga qaytarish, oylik limit va bekor qilish haqiqiy urinishlar bilan tekshirildi. Hammasi rad etildi yoki amallarni to'xtatdi.

Yangi serverga o'rnatish yoki license-state volume'ini yo'qotish yangi blok oladi. Server, volume yoki holat faylidan nusxa olib ikkinchi jarayonni ishga tushirsangiz, uning har bir yangilanishi alohida blok yechadi va vendor buni ko'radi.

72 soat yuqori chegara. Limitni to'liq ishlatsangiz, butun blok o'rtacha bir yarim kunga yetadi (30 kunning 5 foizi). Uzilish keyingi blok so'ralishidan sal oldin boshlansa, qo'lda blokning o'ndan biri qoladi: taxminan 4 soat. Buni shartnoma va tiklash rejangizga kiriting.

Vaqt o'qida ko'rish

Internetsiz sayt (Korxona). airgapped litsenziya va biz oflayn imzolagan lease.json fayli ishlatiladi. Fayl qisqa muddatga, odatda bir oyga beriladi. --ops har bir EG va EDAL nusxasiga alohida qo'llanadi. Biz hisoblagichni ko'rmaymiz, bekor qilish ham yetib bormaydi: amallarni fayl muddati yoki fayldagi amal soni to'xtatadi. Yangi faylni license/lease.json ga nusxalaysiz va sudo make recreate bajarasiz.

Unit testda ruxsat fayli   Hali sinalmagan uchinchi tomon image'lari bor oflayn to'plam (INFRA=1)

  1. Har bir xizmat ruxsat so'raydi

    EG, EDAL va KMS taxminan har 15 daqiqada litsenziya serverimizga murojaat qiladi. Litsenziya raqami, o'rnatma identifikatori, xizmat nomi, versiya, amallar soni va dastur xeshi yuboriladi. Serverimiz manba IP va User-Agent'ni ham ko'radi, bu yozuvlar 180 kun saqlanadi. Ma'lumot va kalit yuborilmaydi.

  2. Blok oylik limitning 5 foizi

    Kamida 100 amal. Sinovda 500, Startda 250,000, Biznesda 750,000 amal. Har bir EG va EDAL nusxasi o'z blokini oladi, imzo uni shu litsenziya, xizmat va nusxaga bog'laydi.

  3. Oylik hisobga blok berilganda yoziladi

    Vendor hisobidagi son bajarilgan amal emas, berilgan bloklar yig'indisi: blok berilganda yechiladi va qaytarilmaydi. Oy UTC bo'yicha kalendar oy. Oylik limit tugasa keyingi blok berilmaydi, qo'ldagi blok esa oxirigacha ishlaydi.

  4. 90 foizda keyingi blok so'raladi

    Ishlatilmagan qoldiq yangi blokka qo'shiladi, shuning uchun berilgan amal yo'qolmaydi.

  5. Ruxsat muddati 72 soat

    Har muvaffaqiyatli yangilanish muddatni uzaytiradi. Aloqa uzilsa, nusxa qo'ldagi blok yoki muddat tugaguncha ishlaydi, qaysi biri oldin kelsa.

  6. Har 24 soatda tekshiruv

    Xizmatlar vendor bilan har 24 soatda tekshiruvdan ham o'tadi. 7 kun tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, konsol bilan birga barcha xizmatlar to'xtaydi va aloqa tiklangach o'zi qaytadi. Bu holat kodda bor, lekin hali sinalmagan.

  7. Keyin ochish ham to'xtaydi

    Ruxsat bo'lmasa 402 LICENSE_NOT_AUTHORIZED, limit tugasa 402 LICENSE_QUOTA_EXHAUSTED qaytadi. Shifrlash ham, ochish ham to'xtaydi. Saqlangan ma'lumot yo'qolmaydi, ruxsat qaytgach xizmatlar qayta ishga tushirishsiz tiklanadi.

Uch hisob-kitobda oylik hajm va mos tarif

Hajmlar o'ylab topilgan misol, haqiqiy mijoz raqamlari emas. Bir kundagi faollik butun oy bir xil deb olingan. O'z raqamlaringiz bilan qayta hisoblang.

MisolKichik onlayn xizmatO'rta kompaniyaYirik onlayn xizmat
Kuniga yozish1,500 murojaat × 6 maydon = 9,00015,000 ariza × 3 maydon = 45,0002,000,000 buyurtma × 2 maydon = 4,000,000
Kuniga o'qish1,500 murojaat × 8 marta ochish × 6 maydon = 72,00015,000 ariza × 3 marta × 3 maydon = 135,000; 40,000 profil × 4 maydon = 160,000; jami 295,0006,000,000 ko'rish × 3 maydon = 18,000,000
Kuniga jami81,000 amal340,000 amal22,000,000 amal
Oyiga (× 30)2,430,000 amal10,200,000 amal660,000,000 amal
Mos tarifStart, limitning 48.6 foiziBiznes, limitning 68 foiziKorxona, Biznes limitidan 44 baravar ko'p
Eski ma'lumotni bir marta shifrlash800,000 qator × 6 ustun = 4,800,000. Oylik zaxira 2,570,000, demak 2 oyga bo'ling1,000,000 qator × 7 ustun = 7,000,000. Oylik zaxira 4,800,000, demak 2 oyga bo'ling40,000,000 qator × 5 ustun = 200,000,000. Limit kelishuvida hisobga oling
Litsenziya serveri uzilsao'rtacha yuklama, bitta EG nusxasiBlok 250,000. To'la blok 74 soatga yetadi, shuning uchun 72 soatlik muddat birinchi tugaydi. Eng yomon holatda taxminan 7 soatBlok 750,000. To'la blok taxminan 53 soatga yetadi. Eng yomon holatda taxminan 5 soatLimit aynan 660 mln bo'lsa, blok 33,000,000. To'la blok taxminan 36 soatga yetadi. Eng yomon holatda taxminan 4 soat. Internetsiz rejimda blok o'rniga ruxsat fayli ishlaydi

Bunday hajmda bitta server yetishi yoki yetmasligi haqida raqam bermaymiz: yagona o'lchovimiz laboratoriyada, soniyasiga taxminan 4000 amal. Har bir shifrlash va ochish EG'ga bitta tarmoq so'rovi. Haqiqiy qiymatni o'z serveringizda, o'z yuklamangizda o'lchang. Bu misol faqat hajm hisobi. Banklar, to'lov tashkilotlari va davlat organlari uchun qo'shimcha huquqiy talablar bor (litsenziyalangan va sertifikatlangan vositalar), ularni yuristingiz bilan tekshiring.

Bitta serverli o'rnatmada yuqori mavjudlik (high availability) yo'q. Server to'xtasa, himoyalangan maydonlar o'qilmaydi. Bir nechta serverga yoyish alohida loyiha: tashqi PostgreSQL va Redis hamda litsenziyadagi --max-replicas kerak bo'ladi.

Platforma hamma tarifda bir xil, limitlar har xil

Tarif funksiyalarni o'chirmaydi. Farq litsenziya faylidagi limitlarda. Yordam shartlari yozma taklifda yoziladi. Tenant bu platforma ichidagi alohida mijoz yoki bo'lim, uning kalitlari boshqa tenantnikidan ajratilgan.

TarifSinovStartBiznesKorxona
NarxBepul, 1 oySo'rov bo'yicha, yozma taklifda
Kim uchunPilot: sinov muhitida baholashKichik hajm, bir-ikki tizimO'rta hajm, bir nechta bo'limKatta hajm, internetsiz tarmoq
Amal / oy--max-ops-per-month10,0005 mln15 mlnKelishuv bo'yicha
Blok, limitning 5 foizi500250,000750,000Limitga qarab
Tenant--max-tenants1310Kelishuv bo'yicha
Xizmat nusxalari--max-replicas113Kelishuv bo'yicha
Internetsiz ishlash, imzolangan ruxsat fayli--checkin-mode airgappedYo'qYo'qYo'qBor
YordamEmail, shartlari yozma taklifda
Hamkorga kalit berish--features key-releaseHamma tarifda alohida narxlanadi. Oqim oxirigacha sinalmagan Hali sinalmagan
Hamma tarifda bir xil
Ishlash joyiSizning serveringiz. Biz joylashtiradigan variant yo'q
Platforma xizmatlariEG, EDAL, KMS, audit, konsol, monitoring
SDK12 ta, to'plamning sdks/ papkasida. Sinov holati turlicha: Dasturchilarga
Tenant boshiga domainStandart 1,000 ta, sozlanadi

Biznesdagi 3 nusxa litsenziya ruxsati. To'plam bitta serverga mo'ljallangan, nusxalarni bir nechta serverga yoyish alohida loyiha. Platforma tarkibi: Platforma.

Ruxsat yoki limit tugasa, ochish ham to'xtaydi: har bir holat jadvalda

Shartnomadan oldin bilinishi kerak bo'lgan asosiy savol shu, shuning uchun aniq yozamiz.

HolatNima bo'ladiNima qilasiz
Oylik limit tugadi Keyingi blok berilmaydi. Qo'ldagi blok tugagach shifrlash ham, ochish ham 402 LICENSE_QUOTA_EXHAUSTED bilan to'xtaydi. Yumshoq chegara va avtomatik ortiqcha to'lov yo'q. Keyingi kalendar oyni (UTC) kutasiz yoki kattaroq limitli yangi litsenziya olasiz. Konsolda qoldiq ekrani hozircha yo'q: bajarilgan amallarni uaesgp_crypto_operations_total metrikasidan operation yorlig'i bo'yicha kuzating: u hisobga kirmaydigan sessiya amallarini ham sanaydi.
To'lov to'xtadi To'lovni dastur kuzatmaydi. Biz ruxsatni shartnomadagi tartibda bekor qilamiz (revoke). Ko'pi bilan 15 daqiqada imzolangan rad javobi yetadi: shifrlash va ochish 402 bilan to'xtaydi, KMS kalit bermaydi. Keyingi tekshiruvda, 26 soatgacha, barcha xizmatlar to'xtaydi. Bu vaqtlar o'lchanmagan. Ma'lumot bazangizda shifrlangan holda qoladi, lekin bu vaqtda uni o'qiy olmaysiz. Internetsiz rejimda bekor qilish yetib bormaydi, ruxsat faylining muddati yoki amal soni to'xtatadi. To'lovdan keyin ruxsatni tiklaymiz (reinstate). Xizmatlar qayta so'rashda o'zi tiklanadi. Agar xizmat to'xtab qolgan bo'lsa, uni qayta ishga tushirasiz.
Litsenziya serverimiz ishlamayapti Nusxalar qo'ldagi blok yoki 72 soatlik muddat tugaguncha ishlaydi, qaysi biri oldin kelsa. Keyin shifrlash va ochish 402 LICENSE_NOT_AUTHORIZED bilan to'xtaydi. 7 kundan ortiq tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, konsol bilan birga barcha xizmatlar to'xtaydi. Litsenziya serverimiz bitta, foizli ish vaqti kafolati bermaymiz. Aloqa tiklangach xizmatlar qayta ishga tushirishsiz tiklanadi. Tiklash muddatini shartnomaga yozing.
Internet uzildi Sinov, Start va Biznesda serveringiz 443 port orqali litsenziya serverimizga chiqishi kerak. Aloqa uzilsa, yuqoridagi qator bilan bir xil. Korxonaning internetsiz rejimida internet kerak emas: platforma ruxsat faylining muddati yoki amal soni tugaguncha ishlaydi. Fayl muddati tugashidan oldin yangisini o'rnatasiz. Oflayn image to'plami Hali sinalmagan, unga tayanishdan oldin o'z muhitingizda sinab ko'ring.
Yuqori tarifga o'tish Kattaroq limitli yangi imzolangan litsenziya fayli (.lic) beramiz. Ma'lumot, kalit va sozlamalar joyida qoladi, qayta shifrlash kerak emas. Qayta hisoblash qoidasi hozircha e'lon qilinmagan: narx farqi yozma taklifda. sudo cp yangi.lic license/<tashkilot>.lic, keyin sudo make recreate. Xizmatlar qayta yaratiladi, qisqa to'xtashni rejalang.
Yangilash Muddat tugashiga 30, 7 va 1 kun qolganda logda ogohlantirish chiqadi. Muddat va litsenziyada yozilgan qo'shimcha davr (grace, 90 kungacha) tugagach, ulangan o'rnatmada xizmatlar to'xtaydi va qayta ishga tushmaydi. Saqlangan ma'lumot yo'qolmaydi. Muddat tugashidan oldin yangi .lic olasiz va xuddi shu ikki buyruqni bajarasiz. Konsolda litsenziya holati ekrani yo'q, shuning uchun loglarni va UaesgpLicenseExpiresSoon ogohlantirishini kuzating, uning qabul qiluvchisini sozlang. Yangilash narxi yangi yozma taklifda.
Foydalanishni to'xtatish va ma'lumotni olish Ma'lumot doim o'z bazangizda, kalitlar o'z serveringizda, bizda ularning nusxasi yo'q. Bazada shifrlangan qiymatlar turadi, ularni ochish uchun platforma ishlab turishi va ruxsat amal qilishi kerak. Tayyor ommaviy eksport vositasi yo'q: uaesgp-cli bitta qiymatni ochadi. Bekor qilingan kalit ostidagi ma'lumot ochilmaydi. Ildiz kalitni yo'qotsangiz, biz ham tiklay olmaymiz. Litsenziya amal qilib turganda o'z skriptingiz bilan qiymatlarni ochib, ochiq matnni kerakli joyga yozasiz. Har bir qiymat bitta amal, ya'ni qator × ustun. Buning uchun limit va vaqt qoldiring. Chiqish davrini imzolashdan oldin shartnomada kelishing.

Vaqt o'qida ko'rish

Litsenziyaga nima kiradi va nima kirmaydi

Litsenziyaga nima kiradi

  • Ma'lumot va kalitlar sizning infratuzilmangizda qoladi, kalitlar baza va ilovadan alohida turadi. Bizga ma'lumot ham, kalit ham yuborilmaydi, hisob uchun faqat litsenziya ma'lumoti keladi
  • Himoyaning barcha yo'llari bitta litsenziyada: baza ustunlari (SDK, EDAL, proxy, PostgreSQL kengaytmasi), brauzer va mobil SDK'lar, hamkor so'rovini tekshirish (apigw), qidiruv tokeni va eski ma'lumotni ko'chirish vositalari. Faqat hamkorga kalit berish alohida narxlanadi. Sinov holati turlicha: Dasturchilarga
  • Butun JSON tanani bitta konvertda shifrlash: 12 SDK'da va proxy'da. Jonli EG'da hali sinalmagan
  • O'zgartirilsa bilinadigan audit zanjiri: kim, qachon, qaysi kalit bilan ochgani yoziladi
  • O'zbek tilidagi qo'llanmalar va konsol, konsolda ayrim inglizcha atamalar bilan
  • Bitta arxivdan o'rnatish: 5 savol, 9 bosqich. Toza serverda sinalgan
  • Nima sinalgani va nima sinalmagani ochiq yozilgan sanali jadval: Holat

Nima kirmaydi va nima hali yo'q

  • Hozircha yo'q tashqi pentest, sertifikat, O'z DSt algoritmlari
  • Hali sinalmagan HSM yo'li. Standart ildiz kalit dasturiy, HSM ulanmaguncha shunday qoladi
  • Ochiq matn so'rov paytida serveringizdagi EG orqali o'tadi. SQL injection ilovani ochishga majbur qilsa, ochiq matn qaytadi. Buzilgan ilova serveri buzilgan vaqtida ocha oladi
  • Ruxsat yoki limit tugasa, ochish ham to'xtaydi
  • Shifrlangan ustun bo'yicha filtr va tartiblash ishlamaydi. Kalitni bekor qilish amalda qaytarilmaydi. Rotatsiya eski ma'lumotni qayta shifrlamaydi
  • Bitta serverli o'rnatmada yuqori mavjudlik yo'q. Server, zaxira va administrator xarajati narxga kirmaydi
  • Yordam javob muddatlari e'lon qilinmagan, ishlash foizi kafolati yo'q. Yordam shartlari yozma taklifda

Xariddan oldin so'raladigan savollarga javoblar

Bepul sinovga (pilot) nima kiradi?

Bir oylik bepul litsenziya: oyiga 10,000 amal, 1 tenant, 1 xizmat nusxasi va barcha platforma xizmatlari. 10,000 amal o'rnatish, ulanish va bir nechta maydonni tekshirishga yetadi, yuklama sinovi uchun kam: kattaroq hajm kerak bo'lsa, so'rovingizda yozing. Pilot sinov muhitida baholash uchun, haqiqiy mijoz ma'lumotini ishlatmang. Serveringiz litsenziya serverimizga 443 port orqali chiqa olishi kerak. Muddat tugagach davom etish uchun yozma taklif olasiz.

Narxga server va o'rnatish kiradimi?

Server, zaxira va administrator sizning xarajatingiz. Bitta server uchun Linux, Docker, 12 GiB RAM va 50 GiB disk kerak. O'rnatishni administratoringiz bajaradi. Qo'shimcha ish kerak bo'lsa, u yozma taklifda alohida ko'rsatiladi.

Test va zaxira muhitlari uchun alohida litsenziya kerakmi?

Bu yozma taklifda hal qilinadi, hozircha e'lon qilingan umumiy qoida yo'q. So'rovingizda muhitlar sonini yozing.

Limit keyingi oyga o'tadimi?

Yo'q. Oylik limit har kalendar oyda (UTC) yangidan hisoblanadi. Faqat qo'ldagi blokning ishlatilmagan qoldig'i keyingi blokka qo'shiladi.

Qancha amal ishlatganimni qayerdan ko'raman?

Konsolda litsenziya qoldig'i ekrani hozircha yo'q. Bajarilgan amallarni uaesgp_crypto_operations_total metrikasidan operation yorlig'i bo'yicha kuzatasiz: u hisobga kirmaydigan sessiya amallarini ham sanaydi. Oy uchun berilgan amallar hisobi litsenziya serverimizda, uni bizdan so'rashingiz mumkin. Internetsiz rejimda biz hisoblagichni ko'rmaymiz.

Hamkorga kalit berish narxga kiradimi?

Yo'q, bu alohida narxlanadigan huquq va litsenziyada key-release bilan yoqiladi. Berilgan kalit hech kimdan so'ramay ochadi va hisobga kirmaydi. Kalit berish so'rovining o'zi bitta amal. Kod bor, lekin bu oqim oxirigacha sinovdan o'tmagan. Hali sinalmagan

O'z bo'limlarimizga alohida limit qo'yish mumkinmi?

To'plamda ixtiyoriy billing xizmati bor, u standart holatda o'chiq va sizning serveringizda ishlaydi. Bu boshqa hisob. Uning kvotasi tugasa yangi shifrlash to'xtaydi, ochish esa hisobsiz davom etadi va auditga yoziladi, agar EG_LICENSE_BLOCK_DECRYPT=true qilinmagan bo'lsa. Bizning oylik limitimiz undan alohida: u tugasa ochish ham to'xtaydi.

Nega internetsiz ishlash faqat Korxona tarifida?

Bu rejimda hisoblagich bizga yetib kelmaydi va bekor qilish ishlamaydi. Limitni shartnoma va qisqa muddatli ruxsat fayli ushlab turadi. Fayl har safar oflayn imzolanadi, bu qo'lda bajariladigan ish. Shuning uchun u shartnoma bilan beriladi.

Foizli ish vaqti kafolati (SLA) bormi?

Yo'q. Platforma sizning serveringizda ishlaydi va bitta serverli o'rnatmada yuqori mavjudlik yo'q. Yordam javob muddatlari hozircha e'lon qilinmagan, ular yozma taklif va shartnomada yoziladi. Litsenziya serverimiz uzilganda tiklash muddati ham shartnomada yoziladi.

Qanday to'lanadi, pul qaytariladimi?

Saytda to'lov yo'q: yozma taklif, shartnoma va so'mda hisob-faktura. Narx dollarda belgilansa, so'mga o'tkazish tartibi shartnomada kelishiladi. Pul qaytarish va qayta hisoblash qoidasi hozircha e'lon qilinmagan, ular yozma taklifda ko'rsatiladi.

Narx yoki tarif bo'yicha savolingizni yuboring

Yozma taklif, pilot yoki hajm hisobi bo'yicha email, telefon yoki Telegram orqali bog'laning. Xatga haqiqiy ma'lumot, parol yoki kalit qo'shmang.

Bir oylik bepul sinovda hajmingizni hisoblang

Sinov muhitida o'rnating, bitta foydalanuvchi harakati nechta amal sarflashini sanang va kunlik hajmingizga ko'paytiring. Keyin yozma taklifni haqiqiy raqam bilan so'rang.

Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com

Maxfiy ma'lumotni baza ustunlarida, API so'rov va javoblarida, ilovalardan va hamkorga yo'lda shifrlaydigan platforma. Kalitlar ma'lumotdan alohida turadi, hammasi o'z serveringizda ishlaydi.

Mahsulot

Ishonch

© 2026 UAESGP MCHJ, STIR 123456789, Tashkent Shahar, Yunusobod tumani, 100011, O'zbekiston. Bu sahifa tashqi skript, shrift va cookie yuklamaydi. Tanlangan rejim faqat brauzeringizda saqlanadi.