Maxfiy ma'lumot bazada, API'da va hamkorga yo'lda shifrlangan
UAESGP siz tanlagan maxfiy ma'lumotni shifrlaydi: baza ustunlarini, API so'rov va javobining butun JSON tanasini, brauzer va mobil ilovadan keladigan qiymatni, hamkorga yuboriladigan ma'lumotni va bazadagi eski yozuvlarni (to'liq ro'yxat). Kalitlar ma'lumot, baza va ilovadan alohida turadi. Ma'lumot va kalitlar o'z infratuzilmangizda qoladi, hisob uchun vendor serveriga faqat litsenziya ma'lumoti boradi.
Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com
Nima sinalgani va nima sinalmagani sanasi bilan ochiq yozilgan: 2026-yil 19-noyabr holati.
| id | phone | passport |
|---|---|---|
| 1 | Uzss1FBALb24NHEx8dtjHqI= | RPfHufRbI6ZqJQ== |
| 2 | CdCCpMFLoAptLJ/7bd3bQnc= | bKF3DsxNu2TX+w== |
| 3 | PvWt3amKrpt8XHrRVTDo7IQ= | EwfwcpnUVIyZvQ== |
Tanlangan ustunlarda shifrlangan matn turadi, kalit bazada yo'q. id kabi qolgan ustunlar o'z holicha qoladi. Katakda shifrlangan qiymat va uning tekshiruv maydonlari saqlanadi, bu yerda faqat shifrlangan qismi ko'rsatilgan.
sudo ./install.sh, 5 savol, 9 bosqich. Manba kodi va yig'ish vositalari kerak emas.
Holat: 2026-yil 19-noyabr. Toza server: Ubuntu 24.04 arm64. amd64 Docker laboratoriyasida sinalgan, jismoniy yoki virtual amd64 serverda hali sinalmagan. To'liq holat yozuvi
UAESGP nimani himoya qiladi
UAESGP faqat baza ustunlarini shifrlamaydi: bazaga ham, API javobiga ham, ilovadan backend'ga ham, hamkorga ham ochiq qiymat o'rniga konvert boradi, kalitlar esa ma'lumotdan alohida turadi. Har bir yo'lning sinov holati yonida yozilgan.
-
Bazadagi maydonlar
Ilova qiymatni bazaga yozishdan oldin EG'da shifrlatadi, tanlangan ustunda faqat konvert qoladi.
Node.js SDK: shifrlash, keyin saqlangan qiymatni ochish Toza serverda sinalganEDAL: ustunni shifrlash va ochish Toza serverda sinalganJSON proxy, to'plamdan (maydon rejimi) Toza serverda sinalganPostgreSQL kengaytmasi, to'plamdan Hali sinalmagan
-
API so'rovi va javobi
So'rov yoki javobning butun JSON tanasi bitta konvertga solinadi, shuning uchun tarmoqda va navbatda maydonlar ko'rinmaydi.
Butun tanani bitta konvertda shifrlash (12 SDK, proxy
whole_body) Unit testda -
Brauzer va mobil ilova
Qurilma EG bilan sessiya ochib qiymatni shifrlatadi va backend'ga faqat konvert yuboradi, ilovaga kalit qo'yilmaydi.
SDK: brauzer TypeScript, React Native, Android, iOS Hali sinalmagan
-
Hamkorga uzatish
Hamkor ochiq ma'lumot o'rniga konvert oladi va uni faqat siz ruxsat bergan yo'l bilan ochadi.
apigw: hamkorning imzoli so'rovi Toza serverda sinalganHamkorga kalit berish Unit testdaHamkorga kalit berishning to'liq oqimi Hali sinalmaganHamkorda ham UAESGP bo'lgandagi uch yo'l Hali sinalmagan
-
Zaxira nusxa va kalitlar
Platforma zaxirasi age bilan shifrlanib yoziladi. Bazalardagi kalitlar zaxiradan oldin ham o'ralgan, ildiz kalit esa zaxiraga kirmaydi va alohida saqlanadi.
Shifrlangan zaxira va tiklash Toza serverda sinalganIlova bazangiz zaxirasida himoyalangan ustunlar konvert holida qoladi
- Baza ustunlari. Telefon, pasport, karta raqami kabi maydonlar ilova SDK'si orqali konvert bo'lib yoziladi. Node.js toza serverda sinalgan, boshqa SDK'lar test serveriga qarshiToza serverda sinalgan
- Ilovani kam o'zgartirib. EDAL API bazalar va ETL uchun, JSON proxy eski tizimlar uchun. Kodga umuman tegmaydigan yo'l yo'qToza serverda sinalgan
- PostgreSQL kengaytmasi. Trigger yozishni shifrlaydi, o'qish
uaesgp_decryptorqali. Arxivdan hali ishga tushirilmaganHali sinalmagan - Butun API so'rovi va javobi. JSON tana maydonlarga bo'linmasdan bitta konvertga solinadi, hajmidan qat'i nazar 1 amal. 12 SDK va proxy'da bor, jonli EG'da hali sinalmaganUnit testda
- Brauzer va mobil ilovalar. Qiymat TLS orqali EG'da shifrlanadi, backend'ingizga faqat konvert boradi. Qurilmaga kalit qo'yilmaydiHali sinalmagan
- Bazadagi eski yozuvlar. PostgreSQL va Django uchun ko'chirish vositasi bor, boshqa stacklarda skriptni o'zingiz yozasizHali sinalmagan
- Hamkor so'rovini tekshirish. Hamkor API'ngizga imzolangan so'rov yuboradi, apigw imzo, vaqt va bir martalik nonce'ni tekshiradiToza serverda sinalgan
- Hamkorga konvert yuborish. Hamkor uni faqat siz ruxsat bergan domain bilan ochadi: kalit berish yoki EG'ingiz orqali. Hamkorda ham UAESGP bo'lsa, uch yo'l borHali sinalmagan
- Shifrlangan maydon bo'yicha qidiruv. Aniq moslik uchun qidiruv tokeni (EDAL, PostgreSQL). Bir xil qiymatlar bir xil token beradiUnit testda
- Platforma zaxira nusxalari.
make backupkalitlar, audit va foydalanuvchilar bazalariniagebilan shifrlab yozadiToza serverda sinalgan - Kalitlar ma'lumotdan alohida. Ildiz kalit, tenant kaliti va ma'lumot kaliti. Ilovada ham, ilova bazasida ham ma'lumot kaliti yo'qToza serverda sinalgan
Ochiq matn qiymatni yuborgan ilovada, so'rov davomida UAESGP xizmatlarida (EG, EDAL, proxy) va ochishga ruxsati bor ilovada bo'ladi. Konvertda tenant, domain, kalit raqami, vaqt va hajm ochiq turadi. Batafsil: qanday ishlaydi va cheklovlar.
Har bir rol uchun alohida yo'l bor
Axborot xavfsizligi rahbari (CISO)
Qaysi tahdid yopiladi, qaysi biri ochiq qoladi, kalit kimda turadi, vendorga nima bog'liq.
XavfsizlikTexnik rahbar (CTO)
O'rnatish, talablar, zaxira, monitoring, foydalanish ruxsati va uzilishda nima bo'lishi.
PlatformaDasturchi
Laravel, Django va Node.js kodi, 12 SDK holati, ustun va so'rovlardagi o'zgarishlar.
DasturchilargaMuvofiqlik xodimi
Audit izi, ma'lumot qayerda turadi, qaysi vazifa sizda qoladi. Holat yozuvi sanasi bilan.
Holat yozuviDisk shifrlash so'rov bera oladigan odamni to'xtatmaydi
Disk shifrlash va TDE (baza fayllarini shifrlaydigan rejim) diskni himoya qiladi. Baza ishlayotganda ular so'rovga ochiq qiymat qaytaradi. Baza ustunlari uchun UAESGP qiymatni bazaga yetmasdan shifrlaydi, shuning uchun baza uni o'zi ocha olmaydi. Ikkalasi birga ishlatiladi.
-
Ilova bazasining diski
Disk o'g'irlansa, himoyalangan ustunda faqat konvert bor. Uni ochadigan kalit bu diskda yo'q.
Uch darajali kalit tuzilmasi, dasturiy ildiz kalit bilan Toza serverda sinalgan
-
Dump yoki mantiqiy zaxira
Dump SQL orqali olinadi, shuning uchun TDE'da u ochiq matn bo'lib chiqadi. Konvert esa dumpda ham konvert.
-
Baza administratori
Baza administratori SDK rejimida faqat konvert va o'ralgan kalit ko'radi. Lekin qatorni o'chira yoki eskisini qaytara oladi.
PostgreSQL kengaytmasi, to'plamdan Hali sinalmagan
-
Jadvalni tortgan SQL injection
Jadvalni to'g'ridan-to'g'ri chiqargan injection faqat konvert oladi, chunki kalit bazada yo'q.
Konvertni boshqa qatorga ko'chirish: rad etildi Toza serverda sinalgan
-
Ilova ochib bersa
Ilovani ochib qaytarishga majbur qilgan injection yoki buzilgan ilova serveri ochiq matn oladi. Har ochish yoziladi. Ilova serveri buzilsa →
-
UAESGP serverining diski
Dasturiy ildiz kalit va KMS bazasi bitta diskda. Ikkalasi birga olinsa, hamma kalit chiqadi: diskni shifrlang.
HSM (PKCS#11) yo'li Hali sinalmagan
-
Baribir ko'rinadigan narsalar
Shifrlanmagan ustunlar ochiq qoladi. Konvertda tenant, domen, kalit raqami, vaqt va hajm, qidiruv tokenida bir xil qiymatlar ko'rinadi.
Tenglik bo'yicha qidiruv tokeni Unit testda
| Hodisa | Disk shifrlash yoki TDE | UAESGP, tanlangan ustunlar |
|---|---|---|
| Ilova bazasining diski o'g'irlandi | Shifrlangan | Konvert |
| Baza dump'i yoki mantiqiy zaxira nusxasi chiqib ketdi | Ochiq matn | Konvert |
| Baza administratori (DBA) ustunni SQL orqali o'qiydi | Ochiq matn | Konvert |
| SQL injection jadvalni tortib oladi, ilova natijani ochmaydi | Ochiq matn | Konvert |
| SQL injection ilovani qiymatni ochib qaytarishga majbur qiladi | Ochiq matn | Ochiq matn Har ochish jurnalga yoziladi, lekin to'xtatilmaydi. |
| Ilova serveri buzilgan | Ochiq matn | Ochiq matn Hujumchi serverda turgan paytda ochadi. Serverda ma'lumot kaliti yo'q, kirishni kesish mumkin. |
| UAESGP serverining diski o'g'irlandi | Shifrlangan, agar yoqilgan bo'lsa | Dasturiy ildiz kalit bilan o'zi himoya qilmaydi. O'g'riga ilova bazasidagi konvertlar ham kerak. Diskni shifrlang |
| Hamma holatda ochiq: shifrlanmagan ustunlar; konvert yonidagi tenant (o'z kaliti bor bo'lim), domen (o'z kaliti bor ma'lumot turi), kalit raqami, vaqt va hajm; qidiruv tokenidagi bir xil qiymatlar. | ||
Bazaga faqat shifrlangan konvert yetadi, kalitlar undan alohida turadi
Ilovangiz qiymatni TLS ichida EG'ga (Encryption Gateway, shifrlash shlyuzi) yuboradi. EG konvert qaytaradi: shifrlangan qiymat, kalit raqami va tekshiruv maydonlari yozilgan JSON. Bazaga shu konvert yoziladi. Kalitlarni alohida xizmat, KMS (Key Management Service) saqlaydi. API tanasi, brauzer va hamkor yo'llari ham shu konvert va shu kalitlar bilan ishlaydi.
Sxemaning davomi o'ngda: yonga suring →
Yozish
Ilova encrypt chaqiradi. EG qiymatni ma'lumot kaliti (DEK) bilan shifrlab, konvertni qaytaradi. Ochiq qiymatni EG so'rov uchun ishlatadi va hech qayerga yozmaydi.
Saqlash
Ilova konvertni ustunga yozadi. Konvert qiymatdan ancha katta, shuning uchun ustun text yoki jsonb bo'lishi kerak. Bazada kalit bo'lmaydi.
O'qish
Ruxsat ro'yxatidagi ilova konvertni ichki 8444-portga yuboradi. EG uch tekshiruvdan keyin ochiq qiymatni qaytaradi va amalni audit jurnaliga yozadi. Jurnalga ochiq matn tushmaydi.
Kalitlar uch darajada: ildiz kalit (RMK) tenant kalitini (KEK), u esa ma'lumot kalitini (DEK) o'raydi. Bazalarda faqat o'ralgan kalitlar turadi. Har bir tenant va domainning o'z kaliti bor. Standart bo'yicha DEK 30 kunda, KEK 90 kunda almashadi. Unit testda
Bitta bit o'zgarsa, shifrlangan matn ochilmaydi
Bu oyna brauzeringizda haqiqiy AES-256-GCM'ni ishga tushiradi. U tamoyilni ko'rsatadi: UAESGP'ga ulanmaydi va mahsulotning o'zi emas. Yozgan matningiz brauzerdan chiqmaydi.
Matn yozing, bitta bitni o'zgartiring, keyin ochishga urining. Ikkinchi marta o'zgartirsangiz, bit joyiga qaytadi va matn yana ochiladi.
Mahsulotda EG har bir konvertni uch mustaqil tekshiruvdan o'tkazadi: HMAC-SHA256, Ed25519 imzo va AES-GCM tegi. Birortasi o'tmasa, qiymat qaytmaydi va ilova 422 TAMPER_DETECTED oladi. Unit testda
Brauzer bu sahifani HTTPS'siz ochgani uchun namoyish ishlamaydi: shifrlash vositasi (WebCrypto) faqat HTTPS sahifaga beriladi. Sahifaning qolgan qismi o'qiladi.
Bu namoyish uchun JavaScript kerak. Sahifaning qolgan qismi usiz ham o'qiladi.
Bitta arxiv va bitta buyruq bilan o'z serveringizda ishga tushadi
Arxivda xizmatlarimiz image'lari, o'rnatuvchi, litsenziya, hujjatlar va SDK'lar bor. PostgreSQL va Redis kabi uchinchi tomon image'lari o'rnatishda yuklanadi. Bu qadamlarning barchasi toza serverda bajarilgan. Toza serverda sinalgan
-
Arxivni tekshirib ochasiz
Arxiv xeshini alohida kanal orqali kelgan qiymat bilan
sha256sumyordamida solishtirasiz, keyintar -xzfbilan ochasiz. -
sudo ./install.shni ishga tushirasiz5 savol: tashkilot, ichki IP, konsol domeni, admin email, birinchi tenant. O'rnatuvchi 9 bosqichni bajaradi. Qo'llanmada odatda 15-20 daqiqa deyilgan, asosiy vaqt image yuklashga ketadi.
-
Ildiz kalit nusxasini oflayn saqlaysiz
secrets/runtime/.master/papkasining nusxasini oflayn, xavfsiz joyga olasiz. U yo'qolsa, ma'lumot qaytmaydi va biz ham tiklay olmaymiz. -
Konsolda tenant va domain ochasiz
https://<ip>:8090manzilida parolni almashtirasiz (kamida 14 belgi) va TOTP (ilovadagi bir martalik kod) yoqasiz. Keyin tenant vapii.phonekabi domain ochasiz. -
Ishlashini tekshirasiz
sudo make smoke DOMAIN=pii.phonehaqiqiy shifrlash va ochishni bajaradi hamda qiymat konvertda ko'rinmasligini tekshiradi. Natija:Tekshiruv o'tdi. -
Ilovani ulaysiz
sudo make client-cert NAME=crmbilan sertifikat olasiz, SDK'ni arxivdagisdks/papkasidan o'rnatasiz va birinchi qiymatni shifrlaysiz.
Server talablari
- Linux, Docker, Compose 2.24.4+,
make, OpenSSL 3,age - 12 GiB RAM va 50 GiB disk tavsiya etiladi
- 3 port: 8443 brauzer va mobil uchun, 8444 server ilovalari uchun (mTLS, ikki tomonlama sertifikat), 8090 konsol
- Bitta server: yuqori mavjudlik (HA) yo'q, klaster alohida loyiha
- O'rnatuvchi serverga
uaesgp-console-guardsystemd xizmatini va konsolni Docker tarmoqlaridan to'sadigan iptables qoidasini qo'shadi
- Ubuntu 24.04 arm64Toza serverda sinalgan
- amd64, Docker laboratoriyasida (2026-yil 9-noyabr)Laboratoriyada sinalgan
- Jismoniy yoki virtual amd64 server, RHEL, SELinuxHali sinalmagan
- Konsol himoyasi (iptables qoidasi)Hali sinalmagan
Internetga chiqa oladigan server
Platforma taxminan har 15 daqiqada 443-port orqali vendor serveridan, ya'ni bizning litsenziya serverimizdan, imzolangan foydalanish ruxsatini yangilaydi. Tashqariga chiqadi: litsenziya raqami, nusxa identifikatori, xizmat nomi, versiya, amal soni, dastur xeshi, IP va User-Agent. Ma'lumot va kalit chiqmaydi. Bundan tashqari xizmatlar har 24 soatda vendor bilan tekshiruvdan o'tadi.
Internetsiz tarmoq
Vendor imzolagan lease.json faylini serverga o'zingiz ko'chirasiz. Fayl qisqa muddatga beriladi, odatda bir oyga. Bu rejimda vendor hisoblagichni ko'rmaydi. Korxona tarifida bor.
- Uchinchi tomon image'larini oflayn yetkazish (
INFRA=1)Hali sinalmagan
SDK bog'liqliklari uchun ichki paket omborini tayyorlash kerak bo'ladi.
Foydalanish ruxsati tugasa, oylik limit tugasa yoki ruxsat faylining muddati yoki amal soni tugasa, shifrlash ham, ochish ham to'xtaydi. Standart ruxsat muddati 72 soat. Internetli serverda 7 kundan ortiq tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, konsol bilan birga barcha xizmatlar to'xtaydi.
Laravel va Django'da bitta maydon uchun bir qator kod yoziladi, bu integratsiyalar haqiqiy EG bilan hali sinalmagan
Node.js kabi ORM integratsiyasi bo'lmagan stacklarda maydonga tegadigan har bir yozish va o'qish joyi o'zgaradi. Kodda ham ranglar o'sha ma'noda: ochiq qiymat va konvert yoki kalit domain'i.
Unit testda SDK testlari laboratoriyada test serveriga qarshi o'tdi. Bu kod haqiqiy EG bilan hali ishga tushirilmagan.
use Illuminate\Database\Eloquent\Model;
use Uaesgp\Laravel\Casts\Encrypted;
class Customer extends Model
{
protected $fillable = ['name', 'phone'];
protected $casts = ['phone' => Encrypted::class . ':pii.phone'];
}
// ustunda konvert JSON turadi
$c = Customer::create(['name' => 'Aliyev', 'phone' => '+998901234567']);
// o'qishda SDK ochadi: "+998901234567"
echo $c->phone;
Unit testda SDK testlari laboratoriyada test serveriga qarshi o'tdi. Bu kod haqiqiy EG bilan hali ishga tushirilmagan.
from django.db import models
from uaesgp.django import EncryptedField
class Customer(models.Model):
name = models.CharField(max_length=200)
phone = EncryptedField(domain="pii.phone", null=True)
# ustunda konvert JSON turadi
c = Customer.objects.create(name="Aliyev", phone="+998901234567")
# o'qishda SDK ochadi: "+998901234567"
print(Customer.objects.get(pk=c.pk).phone)
Toza serverda sinalgan Aynan shu oqim toza serverda ishlagan.
import { Client, Envelope } from '@uaesgp/node';
import { freshSessionJwt } from './token';
const client = new Client({
gateway: 'https://10.0.0.5:8444',
tenantId: 'kompaniya-a',
jwtProvider: freshSessionJwt,
caPath: '/etc/uaesgp/ca.crt',
certPath: '/etc/uaesgp/app.crt',
keyPath: '/etc/uaesgp/app.key',
});
const binding = 'customers|phone|42';
const env = await client.encrypt('+998901234567', 'pii.phone', { aadExtra: binding });
await db.query('UPDATE customers SET phone = $1 WHERE id = 42', [env.toJson()]);
const row = await db.query('SELECT phone FROM customers WHERE id = 42');
const stored = Envelope.fromJson(row.phone);
if (stored.domain !== 'pii.phone' || stored.aadExtra !== binding) throw new Error('wrong row');
const phone = (await client.decryptStored(stored)).toString('utf8');
Bir qatorning atrofidagi ish
- Bir martalik sozlash. SDK, mTLS sertifikatlari va sessiya tokenini imzolaydigan taxminan 15-20 qatorlik funksiya.
- Ustun turi. 13 baytli telefon raqami 699 baytli konvertga aylanadi.
CHAR(13)yokiVARCHAR(20)uni sig'dirmaydi. - So'rovlar. Shifrlangan ustunda
WHERE,ORDER BY,LIKE,JOINva unique indeks ishlamaydi. - Eski yozuvlar. Ularni alohida shifrlaysiz: Django'da
encrypt_plaintext_rows, boshqa stacklarda ko'pincha o'z skriptingiz bilan. - Tezlik. Har bir amal bitta tarmoq chaqiruvi. Laboratoriyada (bitta kompyuterda Docker, EG 2 CPU bilan cheklangan, 64 bayt va 1 KiB qiymatlar) soniyasiga taxminan 4000 amal xatosiz o'tdi. Bu sizning serveringiz uchun va'da emas: tezlikni o'z serveringizda, o'z yuklamangizda o'lchang.
- Butun JSON tana. API so'rovi yoki javobini maydonlarga bo'lmasdan bitta konvertga solish ham mumkin: hajmidan qat'i nazar 1 amal. Bu yo'l jonli EG'da hali sinalmagan. Batafsil
- SDK'lar. Arxivning
sdks/papkasida keladi. Ochiq paket registrlarida nashr qilinmagan.
Kalit holati va audit zanjiri konsolda ko'rinadi
Suratlar haqiqiy admin konsolidan olingan. Ulardagi tashkilot, kalit va son ma'lumotlari namuna, haqiqiy mijoz emas.


revoke <domain> deb aniq yozish kerak. Namuna ma'lumot.



Konsolga kirishda TOTP majburiy. Konsol kalit va ochiq qiymat qaytarmaydi. Hozircha unda ruxsat muddati va qolgan amal soni ko'rinmaydi. Bekor qilingan domainni yo'q qilish (destroy) tugmasi bor, lekin haqiqiy serverda hali sinalmagan.
UAESGP qilmaydigan ishlar va hali sinalmagan yo'llar
Sotib olishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan narsalar, sanasi va holati bilan.
Ishlash tamoyilidan keladigan cheklovlar
- Ochiq qiymat EG orqali o'tadi. Ilova qiymatni TLS ichida o'z serveringizdagi EG'ga yuboradi, EG uni o'sha yerda shifrlaydi. Qurilmaning o'zida shifrlash yo'q.
- SQL injection to'xtamaydi. Ilovangizni qiymatni ochib qaytarishga majbur qilgan injection ochiq matnni oladi. Injection'ni kodda tuzatish kerak.
- Buzilgan ilova serveri ocha oladi. Hujumchi serverda turgan paytda shu ilovaga ruxsat berilgan ma'lumotni ochadi. Har bir chaqiruv yoziladi va kirishni kesish mumkin.
- Shifrlangan ustunda filtr va saralash yo'q. Aniq moslik bo'yicha qidiruv faqat alohida token bilan, SDK orqali emas.
- Kalitni bekor qilish deyarli qaytmas. Revoke qilingan versiya bilan shifrlangan ma'lumot boshqa ochilmaydi. Avval qayta shifrlang, keyin bekor qiling. Konsoldagi Revoke domainning barcha versiyalarini bekor qiladi.
- Rotatsiya eski ma'lumotni qayta shifrlamaydi. Yangi yozuvlar yangi kalit bilan shifrlanadi, eskilari eski versiyada qoladi.
- Ildiz kalit standartda dasturiy. HSM ulanmagan bo'lsa, u UAESGP serveridagi faylda va KMS xotirasida turadi. Shu serverning diskini o'zingiz shifrlaysiz.
- Vendor ruxsatiga bog'liqlik. Ruxsat tugasa (standart 72 soat) yoki oylik limit tugasa, ochish ham to'xtaydi. Internetli serverda 7 kundan ortiq tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, konsol bilan birga barcha xizmatlar to'xtaydi. Internetsiz saytlarda bu rolni imzolangan ruxsat fayli bajaradi.
Holat yozuvi: 2026-yil 19-noyabr
- O'rnatish, zaxira va tiklash, versiya ko'tarishToza serverda sinalgan
- Node.js SDK bilan shifrlash va saqlangan qiymatni ochishToza serverda sinalgan
- JSON proxy (maydon rejimi), apigw orqali hamkor so'rovi, kalitni qo'lda almashtirishToza serverda sinalgan
- amd64: o'rnatish, zaxiradan tiklash, soniyasiga taxminan 4000 amal yuklamaLaboratoriyada sinalgan
- Buzilgan va qayta yuborilgan konvertni rad etishLaboratoriyada sinalgan
- Kalitning avtomatik almashishi, audit zanjiriUnit testda
- Butun tanani bitta konvertda shifrlash (12 SDK, proxy)Unit testda
- HSM (PKCS#11) yo'liHali sinalmagan
- Jismoniy yoki virtual amd64 server, RHEL, SELinuxHali sinalmagan
- PostgreSQL kengaytmasi arxivdanHali sinalmagan
- Brauzer va mobil SDK'lar jonli EG bilan, hamkorga kalit berishning to'liq oqimiHali sinalmagan
- 7 kunlik to'xtash, versiyani orqaga qaytarish, hamkorda ham UAESGP bo'lgandagi uch yo'lHali sinalmagan
- Tashqi penetratsion testHozircha yo'q
- Har qanday sertifikatHozircha yo'q
- Milliy O'z DSt 1105 va 1092 algoritmlariHozircha yo'q
- Yuqori mavjudlik (ko'p serverli o'rnatish)Hozircha yo'q
Bepul bir oylik sinov, keyin yillik litsenziya
Yillik litsenziya o'z serveringizda ishlatish uchun. Barcha tariflarda bir xil platforma va 12 SDK bor. Farq amal va tenant limitida va internetsiz rejimda. Yordam shartlari yozma taklifda yoziladi.
Pilot: sinov muhitida baholash
Sinov
Bepul 1 oy
- Oyiga 10,000 amal
- 1 tenant
- Internetsiz rejim yo'q
Katta hajm, internetsiz tarmoq
Korxona
Narx so'rov bo'yicha
- Amal soni kelishuv bo'yicha
- Tenant soni kelishuv bo'yicha
- Internetsiz rejim bor
Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com
Narx yozma taklifda beriladi, hisob-faktura shartnoma bo'yicha so'mda, QQS kirmaydi. Har bir shifrlash va ochish bitta amal, eski yozuvlarni shifrlash ham amal sarflaydi.
Holat, 2026-yil 19-noyabr: UAESGP hech qanday organ tomonidan sertifikatlanmagan, O'z DSt algoritmlarini qo'llab-quvvatlamaydi, tashqi pentest o'tkazilmagan. Banklar, to'lov tashkilotlari va davlat organlari uchun qo'shimcha huquqiy talablar bor (litsenziyalangan va sertifikatlangan vositalar), ularni yuristingiz bilan tekshiring. Batafsil: Qonunchilik.
Tariflar jadvali va mos tarifni hisoblashXariddan oldin beriladigan savollarga javoblar
Bizning serverimiz (vendor serveri) ishlamay qolsa nima bo'ladi?
Platforma taxminan har 15 daqiqada serverimizdan imzolangan foydalanish ruxsatini yangilaydi. Server javob bermasa, qo'lingizdagi ruxsat tugaguncha ishlaysiz: standart 72 soat yoki amal bloki tugaguncha. Oylik limitga teng yuklamada to'la blok taxminan bir yarim kunga yetadi. Uzilish keyingi blok so'ralishidan sal oldin boshlansa, taxminan 4 soat qoladi.
Keyin shifrlash ham, ochish ham to'xtaydi va ilovangiz 402 xatosini oladi. Ma'lumot va kalitlar joyida qoladi, lekin bu vaqtda ularni o'qiy olmaysiz. Uzilishni tiklash muddati shartnomaga yoziladi.
Xizmatlar vendor bilan har 24 soatda tekshiruvdan ham o'tadi. 7 kundan ortiq tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, konsol bilan birga barcha xizmatlar to'xtaydi va aloqa tiklangach o'zi qaytadi. Bu holat kodda bor, lekin hali sinalmagan.
Internetsiz o'rnatishda vendor serveriga so'rov ketmaydi: imzolangan ruxsat faylining muddati yoki amal soni tugaguncha ishlaydi, keyin yangi fayl kerak bo'ladi.
To'lovni to'xtatsak nima bo'ladi?
Biz litsenziyani to'xtatishimiz mumkin. To'xtatish keyingi ruxsat yangilanishida, 15 daqiqagacha kuchga kiradi: shifrlash ham, ochish ham to'xtaydi. Keyingi tekshiruvda, 26 soatgacha, barcha xizmatlar to'xtaydi. Bu vaqtlar o'lchanmagan. Demak, himoyalangan ustunlarni shu paytda o'qiy olmaysiz.
Bu shart shartnomada ochiq yoziladi. Ma'lumotni boshqa joyga o'tkazmoqchi bo'lsangiz, buni litsenziya amal qilib turganda qiling.
DBA ma'lumotni o'qiy oladimi?
Ilova SDK orqali ishlaganda o'qiy olmaydi: tanlangan ustunlarda u faqat konvertni ko'radi, KMS bazasida esa faqat o'ralgan kalitlarni. Lekin u qatorlarni o'chira oladi yoki eski haqiqiy qiymatni qaytarib qo'ya oladi.
PostgreSQL kengaytmasi rejimida superuser ishonch chegarasi ichida bo'ladi va ochiq matnga yeta oladi. Bu rejim arxivdan hali sinalmagan.
SQL injection'dan himoya qiladimi?
Qisman. UAESGP so'rovlarni ko'rmaydi va injection'ni aniqlamaydi. Jadvallarni tortib olgan injection faqat konvert oladi, chunki kalit bazada yo'q.
Ilovangiz natijani ochib qaytaradigan so'rovdagi injection esa ochiq matnni oladi, chunki har bir ochish ilovaning o'z nomidan yuboriladi. UAESGP har bir ochishni yozadi, lekin to'xtatmaydi. Injection'ni kodda ham tuzatish kerak.
Kodda qancha o'zgarish bo'ladi?
Laravel va Django'da har bir maydon uchun bir qator: cast yoki maydon turi. Node.js, Go va boshqa ORM integratsiyasiz stacklarda maydonga tegadigan har bir yozish va o'qish joyi o'zgaradi. Bundan tashqari, bir marta SDK, sertifikatlar va sessiya tokeni funksiyasini sozlaysiz.
Asosiy ish atrofida: ustun turi o'zgaradi, shu ustundagi filtr va saralash ishlamay qoladi, eski yozuvlarni alohida shifrlaysiz, jurnallar va hisobotlarga ochiq qiymat tushmasligini tekshirasiz. Ulanish vaqtini hali o'lchamaganmiz, shuning uchun muddat aytmaymiz.
Keyin chiqib keta olamizmi?
Ha, lekin tayyor eksport vositasi hozircha yo'q. Chiqish uchun litsenziya amal qilib turganda konvertlarni SDK bilan ochib, qaytadan yozadigan skript yozasiz. Har bir ochish bitta amal hisoblanadi, shuning uchun hajmni limitga qarab rejalashtiring.
Litsenziya tugagandan keyin chiqish tartibi va vendor faoliyatini to'xtatsa nima bo'lishi hali hujjatlashtirilmagan. Buni pilotdan oldin so'rang, javob shartnomaga yozilishi kerak.
Ildiz kalit yo'qolsa nima bo'ladi?
Ma'lumot qaytmaydi va biz ham tiklay olmaymiz, chunki ildiz kalitning nusxasi bizda yo'q. make backup uni ataylab o'z ichiga olmaydi. O'rnatishdan keyin secrets/runtime/.master/ papkasini oflayn saqlang.
Sertifikat va milliy algoritmlar bormi?
Hozircha yo'q. UAESGP xalqaro algoritmlardan foydalanadi: AES-256-GCM va Ed25519. O'z DSt 1105 va 1092 qo'llab-quvvatlanmaydi, sertifikat ham, tashqi penetratsion test ham yo'q. Banklar, to'lov tashkilotlari va davlat organlari uchun qo'shimcha huquqiy talablar bor (litsenziyalangan va sertifikatlangan vositalar), ularni yuristingiz bilan tekshiring.
UAESGP texnik nazorat beradi: maydon darajasida shifrlash, kalitlarni ajratish, kirish nazorati va o'zgarishni aniqlaydigan audit jurnali. Muvofiqlik sizning jarayonlaringizga ham bog'liq, uni yuristlaringiz va auditorlaringiz hal qiladi.
Bizga yozganingizdan keyin to'rt qadam bor
Pilot sizning sinov muhitingizda o'tadi. Maqsad bitta: UAESGP sizning stack va yuklamangizda ishlashini o'zingiz tekshirasiz.
Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com
Zaiflik topgan bo'lsangiz, ogabekkadirov.dev@gmail.com manziliga yozing.
-
Siz yozasiz
Tashkilot, baza va stack, qaysi maydonlar, oyiga taxminan nechta amal, server internetga chiqadimi va uning arxitekturasi. Xatga haqiqiy ma'lumot, parol yoki kalit qo'shmang.
-
Javob beramiz
Siz yozgan kanal orqali javob beramiz va savollaringizni aniqlashtiramiz. Bog'lanish
-
Arxiv va pilot litsenziyasini olasiz
Bir oylik bepul litsenziya: 1 tenant, oyiga 10,000 amal. Bu ulanish va ishlashni tekshirishga yetadi, yuklama sinovi uchun kam: kattaroq hajm kerak bo'lsa, xatingizda yozing. Arxiv xeshini alohida kanal orqali yuboramiz, siz uni tekshirib o'rnatasiz.
-
O'zingiz tekshirasiz, keyin kelishamiz
Bitta maydonni shifrlab ochasiz va bitta foydalanuvchi harakati nechta amal sarflashini sanaysiz. Davom etsangiz, tarif va shartnomani yozma kelishamiz, jumladan ruxsat uzilishi va chiqish tartibini.
Savolingizni o'zingizga qulay yo'l bilan yuboring
Pilot, narx yoki texnik savol bo'yicha email, telefon yoki Telegram orqali yozing. Xatga haqiqiy ma'lumot, parol yoki kalit qo'shmang.