Nima sinalgan va nima sinalmagan, shu yerda yozilgan
UAESGP maxfiy ma'lumotni baza ustunlarida, API so'rov va javoblarida, ilovalardan va hamkorga yo'lda shifrlaydi, kalitlarni esa ma'lumotdan alohida saqlaydi. Bunday mahsulot o'zini oshirib ko'rsatsa, unga ishonib bo'lmaydi. Shuning uchun har bir imkoniyat yonida dalil turi, har bir cheklov yonida ochiq javob turadi.
Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com
Dalil turlari
Saytning hamma joyida shu besh belgi bir xil ma'noda ishlatiladi.
- Toza serverda sinalgan
Mijoz to'plamidan toza Ubuntu 24.04 arm64 serverga o'rnatilib, production rejimida boshidan oxirigacha bajarilgan (2026-yil 5-8-noyabr). Kod o'shandan beri yangilangan.
- Laboratoriyada sinalgan
Vendor va mijoz serverlari alohida Docker konteynerlarida, bitta amd64 kompyuterda, mijoz to'plamidan boshidan oxirigacha bajarilgan (2026-yil 9-noyabr). Jismoniy yoki virtual serverda emas.
- Unit testda
Repozitoriydagi avtomatik testlar yoki test serveriga qarshi testlar o'tadi. Ishlab turgan to'plamda alohida sinalmagan.
- Hali sinalmagan
Kod bor, lekin haqiqiy sharoitda sinalmagan.
- Hozircha yo'q
Mavjud emas. Bor deb tushunmang.
Har bir imkoniyat yonida uning dalili turibdi
Sinovlarni o'zimiz o'tkazganmiz, mustaqil tomon emas. Toza server: Ubuntu 24.04 arm64. amd64 Docker laboratoriyasida sinalgan, jismoniy yoki virtual amd64 serverda hali sinalmagan. Go testlari 2026-yil 20-noyabrda race detector bilan qayta ishga tushirildi: 67 paket o'tdi, xato yo'q, 2 paketda test yo'q.
Sahifadagi atamalar
- EG (Encryption Gateway)
- Ilovangiz shifrlash va ochish uchun murojaat qiladigan xizmat. Sizning serveringizda ishlaydi.
- EDAL
- Alohida ustunlarni shifrlaydigan xizmat. Faqat mTLS bilan ishlaydi.
- KMS
- Kalitlarni yaratadigan va boshqaradigan xizmat.
- Konvert
- Shifrlangan qiymat va uni tekshirish uchun kerakli maydonlar yozilgan JSON yozuv. Bazangiz shuni saqlaydi.
- Tenant va domain
- Tenant: biznes bo'lim yoki tizim, o'z kaliti bilan. Domain: bir turdagi ma'lumot guruhi, masalan
pii.phone. - mTLS
- Ikki tomon ham sertifikat ko'rsatadigan TLS ulanishi.
- HSM
- Kalitni ichidan chiqarmaydigan maxsus qurilma.
- Pentest
- Mustaqil firma o'tkazadigan buzib ko'rish sinovi.
- Vendor serveri
- Bizning litsenziya serverimiz. Sizning serveringiz undan foydalanish ruxsatini oladi.
| Imkoniyat yoki yo'l | Dalil | Qanday tekshirilgan |
|---|---|---|
| To'plamdan o'rnatish, birinchi kirish, tenant va domain yaratish | Toza serverda sinalgan | sudo ./install.sh: manba kodisiz to'plam, 9 bosqich, SHA256SUMS bilan yaxlitlik tekshiruvi. Keyin make smoke o'tdi. |
| Node.js SDK: shifrlash, keyin saqlangan qiymatni ochish | Toza serverda sinalgan | Qiymat 35 soniyadan keyin, ya'ni 30 soniyalik vaqt oynasidan tashqarida storage rejimida ochildi. |
Go SDK, uaesgp-cli orqali | Toza serverda sinalgan | make smoke CLI orqali haqiqiy EG'da shifrlaydi va ochadi. Ilova kodi sifatida alohida ishga tushirilmagan. |
| EDAL: ustunni shifrlash va ochish | Toza serverda sinalgan | mTLS orqali. Versiya yangilanishidan oldin shifrlangan qiymat yangilanishdan keyin ham ochildi. |
| Uch darajali kalit tuzilmasi, dasturiy ildiz kalit bilan | Toza serverda sinalgan | To'plamning standart rejimi shu. HSM bilan alohida holat quyida. |
| Xizmatlar orasida mTLS va ruxsat ro'yxatlari | Toza serverda sinalgan | Production stek shu tarzda ishlaydi. Ochiq listener storage rejimini rad etdi. |
| Admin kirishi: parol almashtirish va TOTP | Toza serverda sinalgan | Birinchi kirishda parol almashtirish va TOTP ulash bosqichlari bajarildi. |
| Shifrlangan zaxira va tiklash | Toza serverda sinalgan | make backup, make restore. 5 ta platforma bazasi age bilan shifrlanadi. Ilova bazangiz zaxirasi sizning vazifangiz. |
| Sertifikat yangilash va mijoz sertifikati | Toza serverda sinalgan | make renew, make client-cert. |
| Qayta ishga tushirish va versiya yangilash | Toza serverda sinalgan | make down, make up, install.sh --from. Keyin shifrlash va ochish qayta tekshirildi. |
| Monitoring | Toza serverda sinalgan | make monitoring-on. Alert qabul qiluvchilari standartda bo'sh: ularni o'zingiz sozlamaguningizcha alert hech kimga yetmaydi. |
| Vendor imzolagan foydalanish ruxsati | Toza serverda sinalgan | Haqiqiy hujumlar bilan sinalgan, ro'yxati keyingi jadvalda. |
| Kalitni qo'lda almashtirish (Rotate) | Toza serverda sinalgan | Konsoldagi Rotate tugmasi bilan yangi DEK versiyasi yaratildi. |
| JSON proxy, to'plamdan (maydon rejimi) | Toza serverda sinalgan | Maydonlarni shifrlash to'plamdan yoqildi, javobda maydon o'rniga konvert qaytdi. whole_body rejimi faqat xizmat testlarida, token yangilaydigan cron sinalmagan. |
| apigw: hamkorning imzoli so'rovi | Toza serverda sinalgan | Imzoli so'rov 200, shu nonce bilan takroriy so'rov 409, begona kalit bilan imzolangan so'rov 401 oldi. So'rov proxy'ga uzatilgan, o'z API'ngizga uzatish sinalmagan. |
| Ilova uchun alohida session token kaliti | Toza serverda sinalgan | Ilovaga o'z imzo kaliti berildi va shu kalit bilan sessiya ochildi. |
amd64: o'rnatish, birinchi kirish, tenant, domain, make smoke | Laboratoriyada sinalgan | Vendor serveri bilan birga: litsenziya chiqarish, ro'yxatga olish va limitni oshirish, TOTP va parol almashtirish. |
| Buzilgan va qayta yuborilgan konvert | Laboratoriyada sinalgan | Ikkalasi ham rad etildi. |
| Vendor litsenziyani to'xtatishi va qayta yoqishi | Laboratoriyada sinalgan | To'xtatilgach EG shifrlash va ochishni 402 bilan rad etdi, qayta yoqilgach yana ishladi. Bu kalitni bekor qilish emas: bekor qilingan kalit qaytmaydi. |
| Zaxiradan tiklash | Laboratoriyada sinalgan | Beshala platforma bazasi 38 soniyada tiklandi. Zaxiradan oldingi yozuv ochildi, keyingisi ochilmadi, ikkala audit zanjiri butun qoldi. |
| Yuklama | Laboratoriyada sinalgan | Laboratoriyada (bitta kompyuterda Docker, EG 2 CPU bilan cheklangan, 64 bayt va 1 KiB qiymatlar) soniyasiga taxminan 4000 amal xatosiz o'tdi. Bu sizning serveringiz uchun va'da emas. |
| Elasticsearch, Logstash, Prometheus, loglarni saqlash muddati | Laboratoriyada sinalgan | Indekslar muddati o'tgach o'chiriladi: loglar 90 kun, audit nusxasi 365 kun saqlanadi, muddat sozlanadi. |
| Konvertda uchta mustaqil yaxlitlik tekshiruvi | Unit testda | Kalit almashtirish, imzoni buzish va AAD chegarasini surish testlari, fuzz test, oltin namuna konvert. |
| Qator va ustunga bog'lash | Unit testda | EDAL v2 uchun Go testlari. Django va Laravel test to'plamlari laboratoriyada test serveriga qarshi o'tdi. |
| Tenglik bo'yicha qidiruv tokeni | Unit testda | Token tenant, domain va ustunga bog'langani testlangan. |
| Kalit rotatsiyasi: ma'lumot, tenant va ildiz kaliti | Unit testda | Muddat tugaganda rotatsiya, o'rash qayta bajarilishi va eski kalitning yo'q qilinishi testlangan. |
| Kalitni bekor qilish va uning shlyuzlarga tarqalishi | Unit testda | Hodisa va zaxira so'rov yo'llari testlangan. Tarqalish vaqti o'lchanmagan, shuning uchun raqam keltirmaymiz. |
| Kalitni yo'q qilish (domain ma'lumotini ochib bo'lmaydigan qilish) | Unit testda | Avval bekor qilish talabi va kalit materialining o'chirilishi testlangan. |
| KMS javobining imzosi | Unit testda | O'zgartirilgan javob rad etiladi. Production stek ishga tushishi uchun ochiq kalitni talab qiladi. |
| Bir martalik sessiya tokeni va takroriy yuborishdan himoya | Unit testda | Atomar nonce tekshiruvi, vaqt oynasi, token qayta ishlatilishi testlangan. |
| Tenantlar ajratilishi | Unit testda | Har qatlam bo'yicha testlar bor. Ishlab turgan stekdagi test yozilgan, lekin bajarilgani haqida yozuv yo'q. |
| Audit zanjiri va o'zgartirishni taqiqlovchi triggerlar | Unit testda | Zanjir testlari o'tadi. Haqiqiy PostgreSQL bilan testlar sozlanmasa o'tkazib yuboriladi. Ishlab turgan stekda tekshiruv yozuvi yo'q. |
| Anomaliya qoidalari | Unit testda | Standart qoidalar faqat rad etilgan amallarni kuzatadi. Muvaffaqiyatli ochishlar hajmi uchun qoida yo'q, uni o'zingiz qo'shasiz. |
| Productionda sozlama yetishmasa to'xtash | Unit testda | Sozlama testlari. To'plam production rejimida ishlaydi. |
| Loglarda maxfiy maydonlarni yashirish | Unit testda | Maydon nomi va erkin matn bo'yicha testlar. |
| Hamkorga kalit berish | Unit testda | Go va SDK namuna vektorlari. Doimiy hamkor kalitini biriktirish SDK'lar bilan ishlamaydi. |
| Internetsiz ishlash: imzolangan ruxsat fayli | Unit testda | Fayl faqat airgapped litsenziyada va vendor root kaliti imzosi bilan qabul qilinadi. Fayl tartibi sinalgan: amallar sarflanib tugashi, eski faylni rad etish, qayta ishga tushirish hisobni tiklamasligi, keyingi fayl qabul qilinishi. Oflayn INFRA=1 to'plam sinalmagan. |
| SDK: Python, PHP/Laravel, Java/Spring, .NET, Rust va Flutter | Unit testda | Testlari test serveriga qarshi o'tadi: Python, PHP, Java, .NET va Rust to'plamlari 2026-yil 9-noyabrda laboratoriyada o'tdi. Haqiqiy EG'ga tekkan emas. SDK ro'yxati. |
Butun tanani bitta konvertda shifrlash (12 SDK, proxy whole_body) | Unit testda | SDK va proxy testlari test serveriga qarshi o'tadi. SDK'lardagi namunaviy vektorlar Go'dagi asl nusxa bilan bir xil ekanini Go testi tekshiradi. Jonli EG'da, iOS va tvOS build'ida hamda React Native Hermes'da ishga tushirilmagan. |
| Go FIPS 140-3 moduli bilan yig'ish | Unit testda | Standart to'plamda yoqilmagan, chunki obfuskatsiya bilan birga ishlamaydi. Bu UAESGP tasdiqdan o'tgan degani emas. |
| HSM (PKCS#11) yo'li | Hali sinalmagan | Kod yig'iladi va unit testlardan o'tadi. Haqiqiy qurilmada ishga tushirilmagan. |
| Jismoniy yoki virtual amd64 server | Hali sinalmagan | amd64 Docker laboratoriyasida (2026-yil 9-noyabr) o'rnatish, smoke, zaxira va tiklash, Elasticsearch, Logstash va Prometheus o'tgan. Jismoniy yoki virtual amd64 serverda hali sinalmagan. |
| RHEL va SELinux | Hali sinalmagan | To'liq sinov faqat Ubuntu 24.04 da o'tgan. |
| PostgreSQL kengaytmasi, to'plamdan | Hali sinalmagan | Repozitoriyda alohida test yo'li bor. Mijoz to'plamidan ishga tushirilmagan. |
Oflayn image to'plami (INFRA=1) | Hali sinalmagan | Internetsiz serverga uchinchi tomon konteyner image'larini yetkazish yo'li bajarib ko'rilmagan. |
| SDK: brauzer TypeScript, React Native, Android, iOS | Hali sinalmagan | Brauzer TypeScript va React Native testlari laboratoriyada o'tdi, Android va iOS testlari ishga tushirilmagan. Hech biri ilovada va haqiqiy EG bilan ishga tushirib ko'rilmagan. iOS SDK arxivdan yig'ilmaydi. SDK ro'yxati. |
| Vendor serverida Let's Encrypt yangilanishi, proxy token cron | Hali sinalmagan | Bajarib ko'rilmagan. |
| Versiyani orqaga qaytarish | Hali sinalmagan | Eski versiyaga qaytish yo'li sinalmagan. |
| Vendor 7 kun javob bermaganda barcha xizmatlarning to'xtashi | Hali sinalmagan | Kodda bor, sinovda kuzatilmagan. |
| Konsol himoyasi (o'rnatuvchi qo'shadigan iptables qoidasi) | Hali sinalmagan | Qoida va uning systemd xizmati kodda bor, toza serverda sinalmagan. |
| Hamkorga kalit berishning to'liq oqimi | Hali sinalmagan | Faqat "o'ziga kalit berish" hujumi sinalgan va rad etilgan. |
| Hamkorda ham UAESGP bo'lgandagi uch yo'l | Hali sinalmagan | Uchala yo'l kodda bor, ikki alohida o'rnatma o'rtasida sinalmagan. |
| Tashqi pentest | Hozircha yo'q | Barcha auditlar ichki bo'lgan. |
| Har qanday sertifikat | Hozircha yo'q | ISO 27001, SOC 2, PCI DSS yoki milliy sertifikat yo'q. |
| O'z DSt 1105 va 1092 algoritmlari | Hozircha yo'q | Kodda yo'q. GOST ham yo'q. |
| Yuqori mavjudlik, bir nechta server | Hozircha yo'q | To'plam bitta serverga mo'ljallangan, har xizmatdan bitta nusxa. Klaster alohida loyiha. |
| Avtomatik ishlaydigan CI | Hozircha yo'q | CI sozlamasi (.gitlab-ci.yml) bor, uning go-test job'i laboratoriyada o'tdi, lekin GitLab runner'ida hali ishga tushirilmagan. Testlar qo'lda bajariladi. |
| Eski ma'lumotni avtomatik qayta shifrlash | Hozircha yo'q | Bu ilovangiz orqali bajariladi. |
| Tenant ichida foydalanuvchi yoki yozuv bo'yicha ruxsat | Hozircha yo'q | Tenantning istalgan sessiyasi o'z tenantidagi konvertni ochadi. Domain cheklovi bilan ajratiladi. |
| Kalitni yo'q qilishda ikki kishilik nazorat | Hozircha yo'q | Bitta admin tasdiq matnini terib bajaradi. |
| Tarmoq darajasida DDoS himoyasi | Hozircha yo'q | Bu sizning tarmoq qatlamingiz vazifasi. |
Haqiqatan urinib ko'rilgan va rad etilgan hujumlar
Bu urinishlarni o'zimiz toza serverda va laboratoriyada bajarganmiz. Ularning aksariyati litsenziya va hisobni aylanib o'tishga qaratilgan, shuning uchun tashqi pentest o'rnini bosmaydi. Hisobni sozlama tahriri bilan o'chirib bo'lmaydi: buni o'z sinovimizda hujum bilan tekshirdik.
| Urinish | Dalil | Natija |
|---|---|---|
Saqlangan ma'lumotni ochiq listener orqali storage rejimida ochish | Toza serverda sinalgan | Rad etildi. Bu rejim faqat ichki mTLS listener orqali ishlaydi. |
.env faylida billing va litsenziya sozlamalarini o'chirish | Toza serverda sinalgan | Xizmatlar baribir vendor ruxsati bilan ishladi, amallar hisobga kirishda davom etdi. |
| Holat faylida ruxsat hajmini oshirish | Toza serverda sinalgan | Saqlangan ruxsat rad etildi. Yangi blok olindi va vendor uni hisobladi. |
| Hisoblagichni nolga qaytarish | Toza serverda sinalgan | Vendor buni rollbacks maydonida qayd etdi va yangi blokni hisobladi. |
| Holat faylini o'chirib, boshidan boshlash | Toza serverda sinalgan | Yangi blok berildi va hisobga kirdi. |
| Vendor serverini to'sib, ishlashda davom etish, keyin hammasini qayta ishga tushirish | Toza serverda sinalgan | Ruxsat tugagach 402 LICENSE_NOT_AUTHORIZED. Qayta ishga tushirish yordam bermadi. Aloqa tiklangach xizmatlar o'zi qaytdi. |
| KMS'ni EG sertifikati bilan to'g'ridan-to'g'ri chaqirib, kalit olish | Toza serverda sinalgan | Ruxsat bor paytda javobdagi kalit muhrlangan keldi: 60 bayt, haqiqiy AES-256 kaliti 32 bayt. Ruxsat tugagach 402. |
| Kalitni o'ziga hamkor sifatida berish | Toza serverda sinalgan | 403 LICENSE_FEATURE_REQUIRED. |
| Oylik limitni EDAL orqali aylanib o'tish | Toza serverda sinalgan | Oyiga 300 amallik litsenziyada limit tugagach 402 LICENSE_QUOTA_EXHAUSTED. Mavjud ma'lumotni ochish ham shu javob bilan to'xtadi. |
| Litsenziya bekor qilingach xizmatlarni qayta ishga tushirish | Toza serverda sinalgan | Xizmatlar ishga tushmadi: license REVOKED by vendor. Vendor qayta yoqqach o'zi tiklandi. |
| Konvertni boshqa qatorga ko'chirish | Toza serverda sinalgan | Rad etildi. |
| Begona kalit bilan imzolangan session token | Toza serverda sinalgan | Rad etildi. |
| Hamkor so'rovini begona kalit bilan imzolash va qayta yuborish | Toza serverda sinalgan | 401 AUTH_FAILED va 409 REPLAY_DETECTED. |
| Bekor qilingan mijoz sertifikati bilan ulanish | Toza serverda sinalgan | 30 soniyagacha qabul qilinishi mumkin, keyin rad etiladi. |
| Buzilgan va qayta yuborilgan konvert | Laboratoriyada sinalgan | Ikkalasi ham rad etildi. |
Bu sinovlar sozlama, holat fayli va tarmoq yo'lini qamraydi. Bajariladigan faylni o'zgartirish, butun server soatini orqaga surish va hamkorga berilgan kalit bu himoyadan tashqarida. KMS javobidagi muhr litsenziya nazorati, u ma'lumot xavfsizligi chegarasi emas, chunki uning siri dastur ichida turadi.
Olti muhim ish hali bajarilmagan
Xaridingizdan oldin bularni bilishingiz kerak. Har biri sizning qaroringizga ta'sir qilishi mumkin.
Hozircha yo'q
Tashqi pentest
Mustaqil firma UAESGP'ni hali sinab ko'rmagan. O'z pentestingizni pilot muhitida o'tkazmoqchi bo'lsangiz, bizga yozing, doirasini birga belgilaymiz.
Hozircha yo'q
Sertifikatlar
UAESGP hozircha hech qanday organ tomonidan sertifikatlanmagan. Nazoratlarni standartlar bilan solishtirish jadvali bor, lekin u sertifikat emas.
Hozircha yo'q
O'z DSt algoritmlari
Milliy algoritmlar O'z DSt 1105 va 1092 hozircha qo'llab-quvvatlanmaydi. UAESGP xalqaro algoritmlardan foydalanadi. Davlat tashkiloti uchun bu birinchi savol bo'lishi mumkin.
Hali sinalmagan
HSM sinovi
HSM ulanmasa, ildiz kalit dasturiy: serverdagi fayl va KMS xotirasi. HSM yo'li kodda bor, haqiqiy qurilmada sinalmagan. HSM kerak bo'lsa, uni pilot davomida sizning uskunangizda tekshirishni taklif qilamiz. Unga qadar bu yo'lni ishlaydi deb hisoblamang.
Hali sinalmagan
Jismoniy yoki virtual amd64 server
To'liq oqim arm64 serverda, amd64 esa Docker laboratoriyasida o'tgan. Jismoniy yoki virtual amd64 serverda sinov bo'lmagan. Serveringiz amd64 bo'lsa, pilotda buni birinchi navbatda tekshiring.
Hali sinalmagan
RHEL va SELinux
Qo'llanmada Ubuntu 22.04 va undan keyingi versiyalar hamda RHEL 9 va undan keyingi versiyalar ko'rsatilgan, lekin to'liq sinov faqat Ubuntu 24.04 da o'tgan.
Rejalar haqida
Bu ishlarning hech biriga e'lon qilingan sana yo'q. Pentest doirasi va muhiti ichki hujjatda yozilgan, lekin sana qo'yilmaguncha uni va'da qilmaymiz.
Ichki auditlar
2026-yil oktyabr: 15 soha bo'yicha 570 ta tasdiqlangan topilma: 4 kritik, 96 yuqori, 249 o'rta, 221 past. Qayta ko'rib chiqishda 620 ta baho berilgan: 530 tuzatilgan, 83 qisman, 5 tuzatilmagan, 2 tegishli emas. 2026-yil 10-noyabr: ichki red team raundi 7 o'rta va 15 past topilmani tasdiqladi, kritik va yuqori yo'q. Hammasiga tuzatish kiritildi, bir qismi qisman. Bular ichki tekshiruv, mustaqil tekshiruv emas. Ochiq qolganlar orasida: session_id ushlab olgan kishi uni muddati tugaguncha ishlata oladi, konvert imzosi domain maydonini qamramaydi.
Baza nusxasi o'g'irlansa UAESGP yordam beradi, ilovangiz buzilsa to'liq yordam bermaydi
Disk shifrlash va TDE bilan solishtiring. TDE baza fayllarini shifrlaydi, lekin SQL so'rov bergan kishiga qiymatni ochib beradi. Jadval UAESGP ilova bazasidan alohida serverda turgani va SDK yoki EDAL orqali ishlatilishi uchun yozilgan.
| Tahdid | Disk shifrlash yoki TDE | UAESGP himoya qiladi | UAESGP himoya qilmaydi |
|---|---|---|---|
| Ilova bazasi diski o'g'irlandi | Himoya qiladi | Shifrlangan ustunlar: o'g'rida faqat konvert bor, kalit yo'q. | Shifrlanmagan ustunlar. Qidiruv tokenlari bir xil qiymatlarni va ularning chastotasini ko'rsatadi. Tenant, domain, kalit raqami, vaqt va uzunlik ko'rinadi. |
| UAESGP serveri diski o'g'irlandi | Himoya qiladi, agar yoqilgan bo'lsa | Dasturiy ildiz kalit bilan o'zi hech narsani himoya qilmaydi. HSM bilan ildiz kalit diskda turmas edi, lekin HSM yo'li sinalmagan. | Ildiz kalit fayli va KMS bazasi bitta diskda: birga olinsa, barcha kalitlar chiqadi. Bu diskni o'zingiz shifrlashingiz kerak. O'g'riga ilova bazasidagi konvertlar ham kerak bo'ladi. |
| Baza dampi o'g'irlandi | Himoya qilmaydi: damp ochiq matn bo'lib chiqadi | Shifrlangan ustunlar dampda ham shifrlangan qoladi. TDE'dan eng aniq farq shu. | Shifrlanmagan ustunlar, qidiruv tokenlari, metama'lumot. |
| Zaxira o'g'irlandi | Faqat fayl darajasidagi zaxira. Mantiqiy damp ochiq qoladi | make backup: 5 ta platforma bazasi age bilan shifrlanadi, ildiz kalit zaxiraga kirmaydi. Ilova bazasi zaxirasida himoyalangan ustunlar konvert bo'lib turadi. |
Ilova bazasi zaxirasi sizning vazifangiz. UAESGP serverining butun VM nusxasi disk o'g'irlanishi bilan teng. Eski zaxiralarda o'chirilgan domainning o'ralgan kalitlari qoladi. age kaliti va ildiz kalit oflayn saqlanishi kerak. |
| Yomon niyatli DBA (baza administratori) | Himoya qilmaydi: SQL orqali hammasini ko'radi | SDK rejimida faqat konvert ko'radi va ocha olmaydi. KMS bazasida faqat o'ralgan kalit ko'radi. Audit qatorini o'zgartirsa, zanjir kaliti bo'lmasa bilinadi. | PostgreSQL kengaytmasi rejimida superuser ishonch doirasi ichida: ocha oladi. Har rejimda qator o'chirishi yoki eski qiymatni tiklashi, qatorga bog'lanmagan bo'lsa konvertni tenant va domain ichida almashtirishi mumkin. Egalik roli va zanjir kaliti birga bo'lsa, tarixni qayta yoza oladi. |
| SQL injection | Himoya qilmaydi | Qisman. Jadvallarni chiqarib oladigan injection faqat konvert oladi, chunki kalit bazada yo'q. | Ilovangizni ochib qaytarishga majbur qiladigan injection ochiq matn oladi. UAESGP injectionni aniqlamaydi va to'xtatmaydi. |
| Ilova serveri buzildi | Himoya qilmaydi | Oddiy SDK oqimida ma'lumot kaliti ilova serveriga tushmaydi. Har bir ochish alohida tarmoq chaqiruvi va audit yozuvi. Huquqni bekor qilsangiz, hujum to'xtaydi. | Buzilgan vaqtda hujumchi shu ilovaga ruxsat berilgan ma'lumotni ocha oladi. Hajm alerti standartda yo'q. Tenant limiti soniyasiga 5000 so'rov, u hajmni emas, tezlikni cheklaydi. |
| Admin hisobi buzildi | Tegishli emas | Konsol va admin API kalit yoki ochiq matn qaytarmaydi. Har bir o'zgarish KMS jurnaliga o'sha tranzaksiyada yoziladi. Productionda kirish uchun TOTP shart. | admin roli domainni bekor qila va yo'q qila oladi, yo'q qilish qaytmaydi va ikkinchi odam talab qilinmaydi. O'g'irlangan admin tokeni 15 daqiqagacha ishlaydi. Serverda secrets/ papkasiga ega host admini dasturiy ildiz kalit rejimida hamma narsaga ega. |
| Tarmoqni tinglash | Himoya qilmaydi: faqat saqlangan ma'lumot uchun | Xizmatlar orasida TLS 1.3 mTLS, chetda TLS 1.2 va undan yuqori, productionda PostgreSQL va Redis'ga TLS. Bazaga boradigan qiymat konvert. Almashtirilgan KMS javobi imzo bilan rad etiladi. | Ilova va EG orasida TLS'dan boshqa himoya yo'q. EG oldidagi TLS ochuvchi proksi yoki WAF ochiq matnni va session_id ni ko'radi. |
-
Serverda ma'lumot kaliti yo'q
Oddiy SDK oqimida ma'lumot kaliti ilova serveriga tushmaydi. Bazadagi konvertni hujumchi o'zi ocha olmaydi.
Ilova uchun alohida session token kaliti Toza serverda sinalgan
-
Lekin ilova nomidan ochadi
Hujumchi serverda turganda shu ilovaga ruxsat berilgan ma'lumotni EG orqali ochadi. Har ochish jurnalga yoziladi.
Tenant ichida foydalanuvchi yoki yozuv bo'yicha ruxsat Hozircha yo'q
-
O'qishni alohida backend'ga bering
Veb qatlamni
EG_STORAGE_MODE_IDENTITIESro'yxatiga kiritmang. Buzilsa, u faqat taxminan 30 soniyadan yosh konvertni bir marta ochadi.Saqlangan ma'lumotni ochiq listener orqali
storagerejimida ochish: rad etildi Toza serverda sinalganBir martalik sessiya tokeni va takroriy yuborishdan himoya Unit testda -
Hajmni sezish
Standart qoidalar faqat rad etilgan amallarni kuzatadi. Ochishlar hajmi uchun
AUDIT_ANOMALY_RULESga qoida qo'shing, alert qabul qiluvchisini sozlang.Anomaliya qoidalari Unit testdaMonitoring (alert qabul qiluvchilari standartda bo'sh) Toza serverda sinalgan
-
To'xtatish
Ilova sertifikatini bekor qiling, imzo kalitini almashtiring. Sertifikat 30 soniyagacha, ochiq sessiya 15 daqiqagacha ishlashi mumkin.
Bekor qilingan mijoz sertifikati: 30 soniyagacha qabul qilinishi mumkin, keyin rad etiladi Toza serverda sinalganBegona kalit bilan imzolangan session token: rad etildi Toza serverda sinalgan
Ilova serveri uchun sozlamalar
- Veb qatlamga alohida sertifikat bering va uni
EG_STORAGE_MODE_IDENTITIESga kiritmang: standart ro'yxatdaappbor. Saqlangan ma'lumotni ro'yxatdagi alohida backend o'qisin. EG_RATE_TENANTni (standart soniyasiga 5000) haqiqiy yuklamangizga yaqin qiymatga tushiring. U tezlikni cheklaydi, hajmni emas.AUDIT_ANOMALY_RULESga muvaffaqiyatliDECRYPThajmi uchun qoida qo'shing. Bu ro'yxat standart qoidalar o'rnini egallaydi, ularni ham yozing.- Ma'lumot turlarini domen va tokendagi
domcheklovi bilan ajrating.
dom bo'lsa o'sha domenlarga tegishli. Serverda root huquqi himoya doirasidan tashqarida. make recreate barcha konteynerlarni qayta yaratadi. To'liq ro'yxat: nima sinalgan, nima sinalmagan.SQL injection natijasi yo'lga bog'liq
- Jadval to'g'ridan-to'g'ri chiqarilsa va bazadagi rolda ochish huquqi bo'lmasa, faqat konvert chiqadi.
- Natijani ilovangiz ochib qaytarsa, masalan
?id=1 OR 1=1, hujumchi ochiq matn oladi. Har bir ochish auditga yoziladi, lekin to'xtatilmaydi. - Boshqa qatorning konvertini ko'chirsa: EDAL v2
row_contextbilan rad etadi. Django va Laravel boshqa ustunni rad etadi, o'sha ustun ochiladi. Boshqa SDK'lardaaad_extrani ilovangiz tekshirishi kerak. - PostgreSQL kengaytmasida so'rov
uaesgp_decryptorroli bilan ishlasa, ochiq matn qaytadi. Ilovagauaesgp_encryptorbering.
Injectionni kodingizda ham tuzating.
Himoya doirasidan tashqarida
- Serverda root huquqi.
egyokiedalsertifikati o'g'irlanishi: egasi sertifikat bekor qilinguncha istalgan tenant kalitini so'rashi mumkin.- Redis'ga yozish huquqi: takroriy yuborish yozuvlari, bekor qilishlar va hisoblagichlarga ta'sir qiladi.
- CA yoki IdP kaliti o'g'irlanishi, server soatini boshqarish.
- Barcha tenantlar bitta ildiz kalitni bo'lishadi. Xavfi alohida tenantlar uchun alohida o'rnatma qiling.
Serveringizdan faqat hisob ma'lumoti chiqadi, ma'lumot va kalit chiqmaydi
Ma'lumotingiz va kalitlaringiz o'z infratuzilmangizda qoladi. Hisob uchun esa litsenziya xizmati vendor serveriga so'rov yuboradi. Tashqariga chiqa olmaydigan saytlar buning o'rniga imzolangan ruxsat faylidan foydalanadi.
-
Hammasi ichkarida
Ma'lumot, konvertlar va kalitlar sizning serveringizda yaratiladi va o'sha yerda qoladi.
-
Taxminan har 15 daqiqada so'rov
Har xizmat vendorga faqat hisob ma'lumotini yuboradi: litsenziya va nusxa raqami, xizmat, versiya, tarif, amallar soni, dastur xeshi.
-
Vendor nimani ko'radi
Vendor so'rovning manba IP manzili va User-Agent'ini ham ko'radi va 180 kun saqlaydi.
-
Chegaradan o'tmaydi
Ochiq matn, konvert va kalitlar yuborilmaydi: na onlayn, na internetsiz rejimda.
-
Imzolangan ruxsat qaytadi
Javobda vendor imzolagan ruxsat keladi: standart 72 soat va 5 foizlik amal bloki. Usiz shifrlash va ochish ishlamaydi.
Vendor imzolagan foydalanish ruxsati Toza serverda sinalgan
-
Internetsiz rejim
Internetsiz serverda aloqa yo'q: vendor imzolagan
lease.jsonfaylini odatda har oy o'zingiz qo'yasiz. Bu Korxona tarifida.Internetsiz ishlash: imzolangan ruxsat fayli Unit testdaOflayn image to'plami (
INFRA=1) Hali sinalmagan
Boradi, onlayn rejimda
- litsenziya raqami
- nusxa raqami
- xizmat nomi va versiya
- nonce va tartib raqami
- tarif nomi
- ishlatilgan amallar soni
- dastur xeshi
Vendor yana manba IP va User-Agent'ni ko'radi, 180 kun saqlaydi.
Hech qachon bormaydi
- ochiq matn
- konvertlar
- kalitlar
Na onlayn, na internetsiz rejimda.
| Nima | Onlayn rejim | Internetsiz rejim |
|---|---|---|
| Litsenziya raqami, nusxa raqami, xizmat nomi, versiya, nonce va tartib raqami | Vendorga boradi | Bormaydi |
| Ishlatilgan amallar soni, dastur xeshi, tarif nomi | Vendorga boradi | Bormaydi |
| Manba IP va User-Agent | Vendor ko'radi, tekshiruv yozuvlari 180 kun saqlanadi | Bormaydi |
| Ochiq matn, konvert, kalitlar | Hech qachon bormaydi | Hech qachon bormaydi |
| Ruxsat qanday yetadi | Taxminan har 15 daqiqada avtomatik yangilanadi, xizmatlar har 24 soatda tekshiruvdan ham o'tadi. Serverdan 443-port orqali vendorga chiqish kerak | Vendor imzolagan lease.json fayli, muddati qisqa, odatda bir oy |
| Litsenziya bekor qilinsa | Keyingi yangilanishda, ko'pi bilan 15 daqiqada kuchga kiradi. 26 soatgacha barcha xizmatlar to'xtaydi. Bu vaqtlar o'lchanmagan | Yetib bormaydi. Amallarni fayl muddati yoki undagi amal soni to'xtatadi |
| O'rnatish | Toza serverda sinalgan | Uchinchi tomon image'larining oflayn to'plami (INFRA=1) sinalmagan |
Tariflar bo'yicha internetsiz ishlash faqat Korxona tarifida bor: Tariflar.
Foydalanish ruxsati tugasa, shifrlash ham, ochish ham to'xtaydi
Bu mahsulotning eng muhim bog'liqligi. Ruxsat 72 soatlik (standart) imzolangan hujjat. U bo'lmasa, EG va EDAL shifrlamaydi va ochmaydi, KMS kalit bermaydi. Bu vaqtda o'z ma'lumotingizni o'qiy olmaysiz. Rahbaringiz buni shartnomadan oldin bilishi kerak.
-
Oddiy holat
Ruxsat taxminan har 15 daqiqada yangilanadi va standart 72 soat amal qiladi. Amallar 5 foizlik bloklarda keladi.
Vendor imzolagan foydalanish ruxsati Toza serverda sinalgan
-
Aloqa uzildi
Vendorga chiqib bo'lmasa, darhol hech narsa o'zgarmaydi: qo'ldagi ruxsat va blok tugaguncha ishlaysiz.
-
Ruxsat yoki blok tugadi
Ruxsat yoki blok tugagach, EG va EDAL shifrlamaydi ham, ochmaydi ham: 402. Ma'lumot joyida, lekin o'qilmaydi.
Vendor serverini to'sish: ruxsat tugagach
402, aloqa tiklangach xizmatlar o'zi qaytdi Toza serverda sinalgan -
7 kundan ortiq javob yo'q
7 kun tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, barcha asosiy xizmatlar va konsol to'xtaydi. Bu hali sinalmagan.
Vendor 7 kun javob bermaganda barcha xizmatlarning to'xtashi Hali sinalmagan
-
Aloqa tiklandi
Aloqa tiklangach xizmatlar o'zi qaytadi, kalit va ma'lumot o'chmaydi. 7 kunlik to'xtashdan qaytish hali sinalmagan.
-
Boshqa sabablar
Oylik limit tugasa yoki litsenziya to'xtatilsa ham ochish to'xtaydi. Ilovangiz 402 ni tushunarli xato qilib ko'rsatsin.
Oylik limit tugagach
402: mavjud ma'lumotni ochish ham to'xtadi Toza serverda sinalganLitsenziya bekor qilingach qayta ishga tushirish rad etildi, vendor qayta yoqqach tiklandi Toza serverda sinalganVendor litsenziyani to'xtatishi va qayta yoqishi Laboratoriyada sinalgan
- Oylik limit tugadi.
402 LICENSE_QUOTA_EXHAUSTED, ochish ham to'xtaydi. Oldindan ogohlantirish yo'q, keyingi oy (UTC) o'zi tiklanadi. - Litsenziya to'xtatildi. 15 daqiqagacha
402, 26 soatgacha hamma xizmat to'xtaydi, bu vaqtlar o'lchanmagan. Qayta ishga tushirish yordam bermaydi, qayta yoqilsa o'zi tiklanadi. - Foydalanishni tugatsangiz. Platformasiz ochadigan vosita yo'q. Hamma ma'lumotni ochishga yetadigan o'tish davrini shartnomaga yozing.
lease.json fayli muddati va amal soni belgilaydi. Javobi yozilmagan shartnoma savollari pastda. To'liq ro'yxat: nima sinalgan, nima sinalmagan.Vendor serveri ishlamay qolsa
O'rnatmangiz qo'lingizdagi ruxsat tugaguncha ishlaydi: standart 72 soat yoki amallar bloki tugaguncha. Oylik limitga teng yuklamada to'la blok taxminan bir yarim kunga yetadi, uzilish keyingi blok so'ralishidan sal oldin boshlansa taxminan 4 soat qoladi. Keyin 402 LICENSE_NOT_AUTHORIZED. Buni vendorni to'sib sinab ko'rganmiz. Aloqa tiklangach xizmatlar o'zi qaytadi.
Oylik limit tugasa
Keyingi blok berilmaydi: 402 LICENSE_QUOTA_EXHAUSTED. Mavjud ma'lumotni ochish ham to'xtaydi. Limitni yuklamangizdan yuqori tanlang: Tariflar.
To'lov to'xtasa
Vendor litsenziyani bekor qiladi. Imzolangan rad javobi keyingi yangilanishda, ko'pi bilan 15 daqiqada keladi. Keyingi tekshiruvda, 26 soatgacha, barcha xizmatlar to'xtaydi. Bu vaqtlar o'lchanmagan. Ma'lumot va kalit o'chmaydi, lekin ochib bo'lmaydi. To'lovdan keyin vendor qayta yoqadi va xizmatlar o'zi tiklanadi. Litsenziya muddati tugasa, litsenziyada yozilgan qo'shimcha muddat (0 dan 90 kungacha) o'tgach keyingi tekshiruv xizmatlarni to'xtatadi.
Vendor 7 kundan ortiq javob bermasa
Xizmatlar vendor bilan har 24 soatda tekshiruvdan o'tadi. 7 kun tasdiqlangan tekshiruv bo'lmasa, kms, eg, audit, auth-svc va boshqa xizmatlar to'xtaydi, konsolga ham kirib bo'lmaydi. Aloqa tiklangach o'zi qaytadi. Bu holat kodda bor, lekin hali sinalmagan.
Internetsiz sayt fayl muddati tugasa
Vendor oflayn kalit bilan imzolagan lease.json faylini license/lease.json ga nusxalab, make recreate qilasiz. Fayl muddati yoki undagi amal soni tugasa, ochish ham to'xtaydi. Yangi faylni vaqtida so'rashni rejalashtiring.
Vendor butunlay yo'qolsa
Yangi ruxsat beradigan tomon qolmaydi, joriy ruxsat tugagach xizmatlar to'xtaydi. Ildiz kalit, KMS bazasi va shifrlangan ma'lumot serveringizda qoladi. Algoritmlar va konvert formati to'plamdagi hujjatlarda yozilgan, shuning uchun platformasiz ochadigan dasturni texnik jihatdan yozish mumkin. Bunday vosita to'plamda yo'q va bu yo'l sinalmagan.
Ildiz kalitni yo'qotsangiz yoki serveringiz to'xtasa
Ildiz kalit zaxiraga ataylab kirmaydi. Uni yo'qotsangiz, ma'lumotni hech kim, jumladan biz ham, qaytara olmaydi. Bitta serverli o'rnatmada yuqori mavjudlik yo'q: server to'xtasa, shifrlash va ochish ham to'xtaydi.
Javobi hali yo'q savollar
- Vendor serveri uzilsa, qancha vaqtda tiklanishi kafolatlanadi?
- To'lov sababli bekor qilishdan oldin ogohlantirish muddati bormi?
- Katta tashkilot uzoqroq muddatli ruxsat ola oladimi?
- Shartnoma tugasa yoki vendor ishini to'xtatsa, ma'lumotni qanday chiqarib olasiz? Yozma tartib hozircha yo'q.
Bular mahsulot emas, shartnoma masalasi. Bugun bu sahifada javob bermaymiz. Imzolashdan oldin javobni shartnomaga yozdiring. Javobi yozilmagan bandga tayanmang.
Qiymat AES-256-GCM bilan shifrlanadi, kalitlar bazadan alohida turadi
Ilovangiz qiymatni TLS orqali EG'ga yuboradi. Ochiq matn so'rov davomida serveringizdagi EG xotirasidan o'tadi. Shifrlash ilova yoki qurilmada emas, EG ichida bajariladi. Bazaga, API javobiga yoki hamkorga konvert ketadi.
Kalitlar uch darajada
Ildiz kalit (RMK) tenant kalitini (KEK) o'raydi. KEK ma'lumot kalitini (DEK) va alohida HMAC kalitini o'raydi. DEK qiymatni shifrlaydi. Har tenantga alohida KEK, har tenant va domainga alohida DEK. Bazada faqat o'ralgan kalit turadi.
Rotatsiya avtomatik: DEK standart 30 kunda (10 foiz tasodifiy farq bilan), KEK 90 kunda.
Kalitlar qayerda ochiq turadi
Dasturiy rejimda ildiz kalit KMS xotirasida. KEK amal davomida KMS xotirasida. DEK KMS'dan chiqadi: mTLS ichida, imzolangan javobda EG yoki EDAL'ga boradi va xotirada qisqa vaqt turadi. Batafsil: Platforma.
-
Har kalit keyingisini o'raydi
Ildiz kalit tenant kalitini, tenant kaliti esa ma'lumot kalitini shifrlaydi. Ma'lumotni faqat DEK shifrlaydi, AES-256-GCM bilan.
Uch darajali kalit tuzilmasi, dasturiy ildiz kalit bilan Toza serverda sinalganHSM (PKCS#11) yo'li Hali sinalmagan
-
Bazalarda faqat o'ralgan kalit va konvert
KEK va DEK KMS bazasida o'ralgan holda, ilovangiz bazasida esa faqat konvert turadi. Ildiz kalit hech bir bazada yo'q, shuning uchun ilova bazasini yoki uning nusxasini olgan odam himoyalangan maydonlarni o'qiy olmaydi.
Dasturiy ildiz kalit fayli va KMS bazasi bitta diskda: birga olinsa, hamma kalit chiqadi, shu diskni shifrlang.
HSM (PKCS#11) yo'li Hali sinalmagan
-
Almashtirish yangi versiya qo'shadi
DEK taxminan 30 kunda, KEK 90 kunda almashadi. Yangi yozuvlar yangi versiya bilan shifrlanadi, eski versiya ochishda qoladi, konvertlar qayta shifrlanmaydi.
Kalitni qo'lda almashtirish (Rotate) Toza serverda sinalganKalit rotatsiyasi: ma'lumot, tenant va ildiz kaliti Unit testda
-
Bekor qilish ochishni to'xtatadi
Revoke domendagi barcha versiyalarni bekor qiladi va ular ostidagi konvertlar endi ochilmaydi. Bu amal qaytarilmaydi.
Kalitni bekor qilish va uning shlyuzlarga tarqalishi Unit testda
| Vazifa | Algoritm | Oddiy tilda |
|---|---|---|
| Maydonni shifrlash | AES-256-GCM: 256 bitli kalit, 96 bitli IV, 128 bitli teg | Qiymat shifrlanadi. O'zgartirilsa, teg mos kelmaydi. |
| Konvert yaxlitligi | HMAC-SHA256, Ed25519 (RFC 8032), AES-GCM tegi | Uchta mustaqil tekshiruv, shu tartibda. Birortasi o'tmasa: 422 TAMPER_DETECTED. |
| Kalitlarni o'rash | AES-256-GCM, egasi va maqsadi AAD'ga bog'langan | O'ralgan kalitni boshqa tenant qatoriga ko'chirsangiz, ochilmaydi. |
| Sessiya | Bir martalik EdDSA JWT, X25519 (RFC 7748), HKDF-SHA512 | Token bir marta ishlaydi, sessiya standart 15 daqiqa. Handshake kaliti so'rov ma'lumotini himoya qilmaydi: maxfiylik faqat TLS'ga tayanadi. |
| Takroriy yuborishdan himoya | 256 bitli nonce, standart 30 soniyalik vaqt oynasi | Faqat wire rejimida. Saqlangan ma'lumot (storage rejimi) ko'p marta o'qiladi, unda bu tekshiruv yo'q. |
| Tenglik bo'yicha qidiruv | HMAC-SHA256 token: tenant, domain va ustun bo'yicha | Faqat aniq moslik. Bir xil qiymatlar va ularning chastotasi ko'rinib turadi. |
| Hamkorga kalit berish | X25519, HKDF-SHA512, AES-256-GCM | Litsenziyada alohida huquq. Hamkorga berilgan kalitga bekor qilish yetib bormaydi. |
| Transport | Xizmatlar orasida TLS 1.3 mTLS, ochiq listenerda TLS 1.2 va undan yuqori | Sertifikat bo'lishi yetarli emas: har endpoint uchun ruxsat ro'yxati bor. |
| Admin parollari | Argon2id: 64 MiB, t=3, p=4 | Kamida 14 belgi, productionda TOTP shart, urinishlar cheklanadi. |
| Audit zanjiri va zaxira | HMAC-SHA256, age | Quyidagi bo'limda va tahdidlar jadvalida. |
| Milliy algoritmlar | Hozircha yo'q | O'z DSt 1105, O'z DSt 1092 va GOST qo'llab-quvvatlanmaydi. |
Kalit amallari va shifrlangan ustunlarning cheklovlari
Kalitni bekor qilish amalda qaytmaydi
Bekor qilingan versiya qayta faol bo'lmaydi, uning ostidagi ma'lumot ochilmaydi. reactivate faqat yangi versiyalarga ruxsat beradi. Avval ma'lumotni ilovangiz orqali qayta shifrlang, keyin eski versiyani bekor qiling. Konsoldagi Revoke va uaesgp-cli revoke domainning barcha versiyalarini bekor qiladi.
Rotatsiya eski ma'lumotni qayta shifrlamaydi
Yangi yozuvlar yangi kalit oladi, eski kalit ochish uchun qoladi. Kalit fosh bo'lgan bo'lsa, qayta shifrlash ilovangiz vazifasi. KEK va ildiz kalit rotatsiyasi faqat o'rashni yangilaydi.
Shifrlangan ustunni filtrlab yoki saralab bo'lmaydi
Faqat tenglik tokeni bilan aniq moslik qidiriladi. Oraliq, LIKE, saralash va JOIN shifrlangan qiymat ustida ishlamaydi. So'rovlaringizni shunga moslab rejalang.
Konvert hajmi katta
13 baytli qiymat 699 baytlik JSON konvert bo'ladi. Ustun TEXT yoki JSON bo'lishi kerak. Qisqa maydonlar uchun bazangiz hajmini shunga qarab hisoblang.
Audit jurnalini o'zgartirsa bilinadi, lekin o'zgartirishni to'xtatmaydi
Har bir shifrlash va ochish vaqt, tenant, domain, kalit, chaqiruvchi, natija va IP bilan yoziladi. Jurnalga ochiq matn kirmaydi. Har qator oldingi qatorning xeshini o'z ichiga oladi, xesh maxfiy kalit bilan hisoblanadi.
Sxemaning davomi o'ngda: yonga suring →
UPDATE, DELETE va TRUNCATE ni rad etadi. Xizmat roli faqat SELECT va INSERT huquqiga ega.Qanday tekshirasiz
Konsoldagi "Qayta tekshirish" tugmasi, uaesgp-cli verify va KMS jurnali uchun uaesgp-cli kms-verify. Zanjir buzilgan bo'lsa, buyruq 3 kodi bilan chiqadi. Fonda tekshiruv har daqiqada, to'liq o'tish har kuni bajariladi. Jurnalni qidirishning o'zi ham jurnalga yoziladi.
Cheklovlar
- Zanjir aniqlaydi, oldini olmaydi. Zanjir kaliti va baza egalik roli bitta odamda bo'lsa, tarixni qayta yozishi mumkin. Buni faqat oldingi tashqi nazorat nuqtalari ko'rsatadi. Bu ikkisini turli odamlarga bering va loglarni tashqarida saqlang.
- Tekshirish uchun maxfiy kalit kerak. Bu ochiq isbot emas: tashqi auditor kalitni oladi yoki operatorga ishonadi.
- Yozuv asinxron yetkaziladi va so'rovni to'xtatmaydi, kalit berishdan tashqari. Audit xizmati va Redis navbati birga ishlamasa, yozuv faqat lokal logda qoladi, sanaladi va alert chiqaradi.
- KMS markaziy jurnalga faqat rad etishlarni yuboradi. Muvaffaqiyatli kalit berishlar logda va
kms_audityig'indilarida qoladi, konsolda ko'rinmaydi. - Zanjir tekshiruvi ishlab turgan stekda bajarilgani haqida hozircha yozuv yo'q: holat yozuvida Unit testda turibdi.


UAESGP texnik nazorat beradi, muvofiqlik masalasini yuristlaringiz hal qiladi
UAESGP sizga texnik nazorat vositalarini beradi: maydon darajasida shifrlash, kalitlarni ajratish, kirish nazorati va o'zgartirish bilinadigan audit jurnali. Muvofiqlik sizning jarayonlaringizga ham bog'liq, uni yuristlaringiz va auditorlaringiz hal qiladi.
Bu bo'lim umumiy ma'lumot, yuridik maslahat emas. Amaldagi qonunni yuristingiz bilan tekshiring. Matnlar 2026-yil 19-noyabrda lex.uz dagi amaldagi tahrir bilan qayta solishtirilgan. Bu sahifada UAESGP biror qonun yoki standart talabiga javob beradi degan da'vo yo'q.
O'zbekiston: shaxsga doir ma'lumotlar
Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonun (O'RQ-547) egalar, operatorlar va uchinchi shaxslardan ma'lumotni himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko'rishni talab qiladi (27-modda). UAESGP sizning texnik choralaringizning bir qismi bo'lishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori, 2-ilova, 4-bandida elektron shaklda saqlanadigan biometrik va genetik ma'lumotlar shifrlanishi va kriptografik yoki boshqa usullar bilan himoyalanishi kerakligi aytilgan. UAESGP siz tanlagan maydonlarni shifrlaydi. Bu qoida tizimlaringizga qanday taalluqli ekanini yuristingizdan so'rang.
Saqlash joyi
2026-yil 27-martdan biometrik ma'lumotlar, genetik ma'lumotlar va telekom operatorlari mijozlarining ma'lumotlari O'zbekistonda saqlanishi kerak (27-1-modda). UAESGP sizning serveringizda ishlaydi, qayerda ishlashini siz tanlaysiz.
Boshqa shaxsga doir ma'lumotlar chet elda faqat 27-1-moddadagi shartlar asosida saqlanishi mumkin, chet elga uzatish 15-modda va Vazirlar Mahkamasining 2026-yildagi 415-son qaroriga bo'ysunadi. Serverlaringiz qayerda turishi sizning qaroringiz va mas'uliyatingiz. Shifrlash saqlash joyi qoidalarining o'rnini bosmaydi.
UAESGP bazalaringizni siz uchun ro'yxatdan o'tkazmaydi. O'z ishingizda foydalanishingiz mumkin bo'lgan texnik hujjatlarni beramiz.
GDPR
GDPR 32(1)(a)-moddasi shifrlashni tegishli chora namunasi sifatida keltiradi. UAESGP 32-modda bo'yicha xavf baholashingizda ishlatilishi mumkin.
34(3)(a)-moddaga ko'ra, shifrlash kabi choralar ta'sirlangan ma'lumotni ruxsati yo'q shaxslar uchun tushunarsiz qilgan bo'lsa, nazoratchi buzilish haqida ma'lumot sub'ektlariga xabar bermasligi mumkin. 33-modda bo'yicha vakolatli organga xabar berish alohida masala.
PCI DSS va ISO/IEC 27001
Karta raqamini maydon darajasida shifrlash va kalitlarni alohida boshqarish PCI DSS v4.0.1 ning 3.5-3.7 talablari bo'yicha texnik choralaringizning bir qismi bo'lishi mumkin. Hech bir mahsulot yolg'iz o'zi PCI DSS muvofiqligini bermaydi. Amalga oshirishingiz standartga javob berishini QSA yoki ekvayeringiz hal qiladi.
ISO/IEC 27001 sertifikati mahsulotga emas, tashkilotning boshqaruv tizimiga mustaqil organ tomonidan beriladi. UAESGP nazoratlari o'z dasturingizda dalil bo'lishi mumkin.
Litsenziya va sertifikat savollari ochiq
O'zbekistonda kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish litsenziyalanadi. Davlat organlari va muhim axborot infratuzilmasida, jumladan bank-moliya tizimida, ishlatiladigan himoya vositalariga sertifikat talabi bor, to'lov tashkilotlari esa litsenziyalangan kriptografik vosita ishlatishi kerak. Ular UAESGP'ga va sizning tizimingizga qanday taalluqli ekanini bu sahifa hal qilmaydi.
UAESGP hozircha hech qanday organ tomonidan sertifikatlanmagan va O'z DSt 1105 hamda 1092 algoritmlarini qo'llab-quvvatlamaydi. Shartnoma imzolashdan oldin bu savollarni yuristingizga bering. Onlayn ruxsat aloqasi tashqi axborot almashinuvi hisoblanadimi, buni ham so'rang: nima yuborilishi yuqorida yozilgan.
Zaiflik topsangiz, shu manzilga yozing
Versiya, takrorlash qadamlari va ta'sirini qisqa yozing. Tekshiruvni faqat o'zingizga tegishli yoki ruxsat berilgan o'rnatmada o'tkazing. Xatga haqiqiy mijoz ma'lumotini yoki ishlaydigan kalitni qo'shmang.
Mukofot dasturi, javob muddati va PGP kaliti hozircha e'lon qilinmagan.
Keyingi qadam: o'z muhitingizda tekshiring
Bu sahifadagi da'volarni pilotda o'z muhitingizda tekshirishingiz mumkin. Pilot bir oy bepul, oyiga 10,000 amal, sinov muhitida, sizning serveringizda ishlaydi.
Pochta dasturi ochilmasa, shu manzilga yozing: ogabekkadirov.dev@gmail.com